Janubiy Koreyada allaqachon chorak million aholi 5G’dan foydalanmoqda

Janubiy Koreyada allaqachon chorak million aholi 5G’dan foydalanmoqda

Janubiy Koreya 5G tarmog‘i ishga tushirilgan ilk davlatlardan biri hisoblanadi. Ammo hozircha faqat poytaxt  aholisigina eng tezkor tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega Seulda foydalanuvchilar soni kundan kunga o‘sib bormoqda. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Janubiy Koreyada 260 ming kishi 5G tarmog‘idan bahramand bo‘lib ulgurgan. Mavjud tarmoqlar uchta provayder tomonidan taqdim etiladi – Korea Telecom, SK Telecom va LG U+. 160 mingdan ortiqroq foydalanuvchilar Korea Telecom’ni tanlashgan, yana 100 mingga yaqini esa qolgan ikkita kompaniyaga to‘g‘ri keladi.

Albatta, har doim bo‘lganidek boshlanishiga foydalanuvchilar tarmoqdan foydalanishda muammolarga duch kelishgan: Samsung Galaxy S10 5G (eng so‘nggi tarmoqdan foydalanish uchun hozircha yagona smartfon, LG V50 ThinQ 5G esa keyingi haftada taqdim qilinadi) smartfonida tarmoq uzilishlari sodir bo‘lganligini aytib o‘tishgan. Ammo, ushbu muammo 5G baza stansiyalarining kamligi bilan izohlangan. Ayni damda 54 mingdan ortiq baza stansiyalari o‘rnatilib bo‘lingan va mos ravishda tarmoq samaradorligi yanada oshib bormoqda.

O‘QING: Meizu 17 – kompaniyaning hali taqdim etilmagan ilk 5G-smartfonini «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!