Java dasturlash tilini o‘rganish uchun 10 ta sabab

  •   DiMaX
  •  4895
  •  08.01.2018 17:04

Java dasturlash tilini o‘rganish uchun 10 ta sabab

Bizning hayotimizni osonlashtiradigan kuchli va kamchiliklari mavjud bo‘lgan dasturlash tillari juda ko‘p. Java esa o‘tgan 20 yil mobaynida eng yaxshi dasturlash tillaridan biri ekanini isbotladi. Vaqt o‘tishi bilan Java muvaffaqiyatli dasturlarni amalga oshirish uchun muhim tarkibiy qism sifatida o‘z o‘rnini egalladi. Dasturlash tillari mashhurligining so‘nggi indekslari Javaning eng mashhur tillardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi.

Java dasturlash tilini o‘rganishimizda va muvaffaqiyatli dasturchi bo‘lishimizga olib keladigan sabablar quyidagilardir:

  1. Javani o‘rganish uchun resurslar juda-juda ko‘p

Java rivojlangan dasturiy til bo‘lib, ta’lim jarayonida mukammal ko‘makchi sifatida ishlaydigan ko‘plab onlayn resurslar mavjud. O‘zingizning ehtiyojingizga qarab, o‘rganishingiz uchun bepul va pulli ta’lim resursini bemalol topa olasiz. Qisqacha qilib aytganda, Java bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollaringiz forumlarda allaqachon so‘ralgan va ularga javoblar berilgan.

  1. Ish topish imkoniyatlari keng

Java bo‘yicha yaxshi bilimga ega dasturlovchilarga talab doimo katta. Katta imkoniyatlarga ega va keng tarqalgan dasturlash tili texnologiya sanoatida ish o‘rinlarini yaratishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Android ilovalari mashhurligi Javadagi mobil ilovalarni yozadigan Android dasturchilar uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratdi.

  1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili

Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tili sifatida Java’ning konsepsiyalari juda oson. Ushbu xususiyat Javani moslashuvchan, tizimli modulli va kengaytiriladigan dasturlash tiliga aylantiradi. OOP konsepsiyalaridan foydalanishda Java katta imkoniyatlar beradi.

  1. Java ochiq kodli dasturlash tili

Biz bepul va ochiq kodli dasturlarini yaxshi ko‘ramiz, shunday emasmi? OpenJDLK – Java dasturlash tilining erkin va ochiq manba kodli ilovasi. Ochiq kodli dasturlash tili bo‘lib, u operatsion tizim muhitida mustaqil platformadir. Bundan tashqari, siz Java’da dasturlarni yozish uchun bir so‘m ham pul sarflamaysiz.

  1. Java’ning API’lar ro‘yxati

Java dasturlash tilining API’lari til muvaffaqiyatining asosiy sabablaridan biri sanaladi. Java’ning ochiq kodli qo‘llab-quvvatlanadigan keng to‘plamiga egadir. Siz Java bilan ishlashda kerak bo‘ladigan barcha narsalarni bilib olishingiz mumkin.

  1. Kuchli rivojlantirish vositalari

Java uchun mavjud kuchli IDE’lar Java’ni yuqori darajada ishlatishda muhim rol o‘ynadi. Intellij Idea, Eclipse va Netbeans Java’da dasturlashni yozish jarayonida sizga yordam berishdan tashqari, ular dasturchilarga yuqori darajadagi yordamini taklif etadi.

  1. Foydalanish doirasi kattaligi

Java dasturlash tili hamma joyda ishlatishingiz mumkin. Uning barqarorligi va kengayuvchanligi tufayli siz Java’ni mobil telefonlar, desktop dasturlar, veb-ilovalar yaratishda, keng miqyosli ilovalar va hokazolarda ishlatishingiz mumkin.

  1. Bu dasturlash tilidagi dasturchilarning ko‘pligi

Jahon bo‘ylab tarqalgan taxminan 10 million Java-dasturchilar bilan Java dasturchilar jamoasi o‘sishda davom etmoqda. Boshqa ochiq kodli texnologiyalar kabi Java ham jamiyatga qaytarish falsafasini ilgari suradi. Stackoverflow kabi bir nechta onlayn forumlarda Java dasturchi mutaxassislari har doim yangi o‘rganayotlarga yordam berishga tayyor.

  1. Java’dan butun dunyo foydalanadi

Agar siz hali ham Java va uning qiymati borasida shubhalansangiz, siz Amazon.com, Facebook.com kabi veb-saytlarda Java ishlatilishini bilib oling. LinkedIn.com va eBay.com, bundan tashqari, korporativ dasturlarni ishlab chiqishda, «bulutli» serverlarni rivojlantirish va hokazolarda foydalaniladi.

  1. Java’ni o‘rganish oson

Inglizchaga o‘xshash sintaksisi bilan, Java’ni qisqa vaqt ichida o‘rgana olasiz va foydali ilovalar yaratish uchun foydalanasiz.

Manba: Personal Development Process