Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

  •   DiMaX
  •  2213
  •  20.03.2019 09:44

Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida «qing‘ir ishning qiyig‘i» chiqib qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

O‘QING: O‘zbekistonda kibertovlamachilar qo‘lga tushdi. Ular plastik kartalardan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan

Bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelganliklari aniqlangan. Tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmagan.

Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Plastik kartochka yo‘qolsa nima qilish kerakligini bilasizmi?