«Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  2837
  •  15.12.2018 15:34

«Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

Janubiy koreyalik gigantning Galaxy S10 turkumi smartfonlari taqdimoti yaqinlashgani sayin ular haqida har xil ma’lumotlar ham ko‘payib borayotir. Kuni kecha ularning hatto aniq narxlarigacha e’lon qilingan edi.

O‘QING: Uchta modeldagi Galaxy S10: suratlari, jihatlari, ANIQ narxlari, taqdimot va savdoga chiqish kunlari!

Endi esa manbalar jamoat joyida «jonli» tarzda olingan bitta suratni e’lon qilishgan bo‘lib, undagi smartfonni aynan Samsung Galaxy S10 flagmani, deyishmoqda.

Rasmdagi qurilma birmuncha uzoqdan uncha yaxshi ko‘rinmayapti, ammo ekranining tepasida juda yupqa romi borligi, shuningdek, displeyning yuqori o‘ng burchagidagi «tirqish»i chindan ham insayderlar tasvirlayotgan Galaxy S10’ga juda o‘xshash. Mana, rasmning o‘sha qismini kattalashtirib qaraganimizda bu yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi:

Xuddi shunday yakka modulli old kamera Galaxy S10 hamda Galaxy S10 Lite modellarida qo‘llanilishi, Galaxy S10+ versiyasida esa selfi-kamera qo‘shaloq bo‘lishi aytilmoqda. Ularning barchasi MWC 2019 tadbiri arafasida namoyish etiladi, shu kungacha bozorga chiqqan Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!