«Jonli» video: Mutlaqo tugmachasiz va tirqishsiz Vivo smartfonini ushlab ko‘rganlar uni «silliqlangan shag‘al» va «metall sovun»ga o‘xshatishdi

  •   DiMaX
  •  1584
  •  22.01.2019 13:58

«Jonli» video: Mutlaqo tugmachasiz va tirqishsiz Vivo smartfonini ushlab ko‘rganlar uni «silliqlangan shag‘al» va «metall sovun»ga o‘xshatishdi

Vivo kompaniyasi boshqa birorta smartfonsoz qo‘l urmagan bir ishni uddaladi – korpusi butkul sip-silliq bo‘lgan smartfon yaratdi! Shunga yarasha, kodli nomi The Waterdrop «suv tomchisi» bo‘lgan ushbu gadjetning taqdimot kunini ham rasman ma’lum qilishgan.

O‘QING: Vivo Apex 2019 – umuman tirqishsiz va tugmachasiz smartfonni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Mazkur devaysning bozorga Vivo Apex 2019 (yoki Vivo Apex 2) modeli sifatida taqdim etilishi kutilmoqda. Kompaniya allaqachon uning reklama kampaniyasini boshlab yuborgan bo‘lib, jumladan, antiqa videorolikni ham tarqatmoqda.

Ushbu lavhada ko‘chada shunchaki o‘tkinchi kishilarga qora yashik ichidagi yangi smartfonni faqat ushlab ko‘rib, taassurotlarini aytish so‘raladi. Ayrimlar uning «silliqlangan shag‘al tosh»ga, yana birovlar esa «metalldan yasalgan sovun»ga o‘xshashini aytishadi.

Shunga qaraganda, The Waterdrop nomli ushbu smartfon nafaqat tirqish va tugmachalardan xoli, balki hatto form-faktori ham noodatiy bo‘lyapti. Demak, Vivo Apex 2019 faqat simsiz quvvatlanadi va sensor yo‘l bilangina boshqariladi! Qiziq, unga SIM-karta qanday o‘rnatilar ekan?

Darvoqe, yana bir xitoylik smartfonsoz undan ham oldin bir antiqa modelini namoyish qilmoqchi...

O‘QING: Meizu ertagayoq «dunyodagi ilk tirqishsiz smartfon»ni taqdim etyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.