Kameralar jangi: ringda Huawei P10 va iPhone 7 Plus

Kameralar jangi: ringda Huawei P10 va iPhone 7 Plus

Huawei’ning so‘nggi flagmani bo‘lgan Huawei P10 Jahon Mobil Kongressida taqdim etilayotganida kompaniya rahbari Richard Yu va’dani katta qilib, P10’dagi Leica uslubidagi “Portret” rejimi smartfonlardagi surat olish texnologiyasidagi muhim yangilik ekanini ma’lum qildi.

iPhone 7 Plus ham ushbu jihat, ikkita ob’yektivdan iborat qo‘sh kameraga ega bo‘lgani tufayli P10’ning suratga olish imkoniyatlarini hozircha eng ilg‘or bo‘lgan ayfonniki bilan solishtirishga qaror qildik.

Huawei P10 orqa panelida 2 ta biri 12 megapikselli an’anaviy rangli sensor hamda oq-qora tasvirga oluvchi 20 megapikselli sensor joylashgan. Ular olgan suratlar omuxtalashib, ranlarga to‘yingan yagona tasvir hosil bo‘ladi. Har ikkala sensor  hajmi 27 mm bo‘lgan f/2.2 optik linzalar bilan ta’minlangan. “Portret” rejimida ikkala ob’yektiv birgalashib, 3D o‘lchamdagi surat oladi va foydalanuvchi suratdagi qiyofaning fokusini o‘zi belgilashi ham mumkin.

iPhone 7 Plus smartfoni tizimi ham xuddi shu asosda ishlaydi. Faqat bu ayfondagi 2 ta 12 MP sig‘imli sensorlarning birining hajmi 28 mm, linzasi f/1.8, boshqasining kamera hajmi 56 mm, optik linza turi f/2.8 ga teng. Ya’ni, iPhone katta hajmli linza yorug‘likni yaxshiroq o‘tkazadi va manzarani  detallarga boy ravishda suratga olishda imkon yaratadi. Bu esa portret janri uchun fotosurat olishda qo‘l keladi.

Xo‘sh, bu texnologik innovatsiya va yondashuvdan qaysi biri o‘zini oqlaydi va amalda qaysi mobil kamera olgan surat e’tirofga munosib? Biz quyida, chap tomonda iPhone 7 Plus hamda o‘ng tomonda Huawei P10 smartfonida olingan suratlarni diqqatingizga havola qilamiz. Suratlar hech bir tayyorgarliksiz, jarayonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan.

                    Chapda: iPhone 7 Plus                                                                                       O‘ngda: Huawei P10 va

Ochiq tabiat sharoitida olingan bu surat Barselonaning quyoshli kunlaridan birida olingan. Bu shartda iPhone 7 Plus mutloq g‘olib ekani aniq. Telefoto linzasining kattaligi qo‘l kelgan va kamera rang va detal to‘plashda ilg‘or ekani ko‘rinib turibdi. Huawei’ning suratida garchi, orqa fon rangli bo‘lsa ham, suratning asosiy qahramoni bo‘lgan Jeymsning yuzida yorug‘lik balansi ko‘payib ketgan. Quyidagi suratda ham bunga guvoh bo‘lish mumkin.

Chapda: iPhone 7 Plus                                                                                            O‘ngda: Huawei P10 va

Xulosa chiqarishga shoshmang. Endi imkoniyatlarni ichkari sharoitda sinovdan o‘tkazamiz. Ichkarida esa iPhone smartfonining qo‘li kaltalik qilgandek, go‘yo. To‘g‘ri, u olgan surat ham sifat jihatdan yomon emas. Ammo, apertura priborining sekin ishlashi va optik barqarorlashtirishning yo‘qligi uni Huawei’ning devaysida olingan surat bilan tenglashtirishga xalaqit qiladi. P10’ning olgan surati tiniq, orqa fon yorqin muhrlangan. Bunda keng burchakli linzalarning o‘rni bor, albatta. Ayni shu jihat ham surat fokusini tanlashda ish beradi. Rangni qayta ishlash masalasida ham ayfonda tajriba va ko‘nikmaning yo‘qligi sezilib turibdi.

Quyidagi suratlar nim qorong‘u restoranda olingan. Tomning Huawei telefonida olingan surati birmuncha yorqin va taassurotli. Yorug‘likning yetishmasligi ayfonning imkoniyatlarini ham cheklagan.

Chapda: iPhone 7 Plus                                                                                                       O‘ngda: Huawei P10 va 

Tungi sharoitda olingan ushbu surat 2 xil va har ikkala kameraning imkoniyatlarini yaqqol ko‘rsatgan. iPhone bu gal ham xitoylik ishlab chiqaruvchining kamerasiga mag‘lub bo‘ldi. Rang va suratdagi detallar e’tirofga loyiq. Odatda tunda suratga olish barcha ilg‘or smartfonlarga xos kamchilik. Orqa fon ham P10 olgan suratda tiniqroq.

iPhone smartfonida tungi suratga olish texnik jihatdan noqulayliklarga ega. Jumladan, tungi rejim o‘rnatilgan va yorug‘lik yetishmovchiligi bo‘lishiga qaramasdan, ko‘p hollarda fotochaqnoqning yonmasligiga guvoh bo‘lasiz.

P10’dan farqli ravishda, iPhone’ning “Portret” rejimi oq-qora formatda surat olmaydi. Bu ayfonda umumiy rejimda olingan surat. O‘ng tomondagi rasmni esa P10 olgan. Ko‘rinib turibdiki, iPhone bu shartda juda kichik farq bilan peshqadam. P10 olgan rasmda sal-pal tiniqlik yetishmaydi. Unda olingan suratdagi shaxsning yuz-qiyofa qismi xiradek.

iPhone’dagi oq-qora oluvchi sensorning katta hajmli linzalari bu yerda yana ish berdi.

Quyida esa Huawei’ning monoxrom formatidagi ichkarida olingan taassurotli suratini ko‘rish mumkin. Suratda detallar va dinamik diapazon nihoyatda yorqin.

Umumiy hisob:

iPhone 7 Plus: 3

Huawei P10: 2

Apple mobil telefonining kamerasi garchi, ba’zi jihatlari bilan yetakchi bo‘lsa ham, Huawei’ning so‘nggi flagmani rejim va kamera sozlamalariga boy.

Ekspertlarning fikricha, biz mobil kamera texnologiyasining bu qadar jadal rivojlanishining ilk bosqichiga guvoh bo‘lyapmiz. Yaqin yillar ichida bu texnologiya misli ko‘rilmagan darajada rivojlanadi.