Kameralar jangi: Samsung Galaxy Note8 va iPhone 8 Plus

Kameralar jangi: Samsung Galaxy Note8 va iPhone 8 Plus

Jahondagi eng yaxshi surat oluvchi smartfonlar reytingida 3-o‘rin hozircha iPhone 8 Plus va Samsung Galaxy Note 8 flagmanlariga nasib qilgan. DxOMark mutaxassislarining fikricha, bu ikkala flagman kameralari har jihatdan bir-birlariga mos raqiblar. Biroq, g‘oliblar orasida doimo mutloq g‘olib topiladi. Shuni hisobga olib, biz quyida mazkur smartfonlar olgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Aytish joizki, Samsung kompaniyasi taqdim qilgan 8-avlod Galaxy Note gadjeti nafaqat 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi va romdan xoli Quad HD+ sig‘imli ekrani, shu bilan birga, qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi bilan ham diqqatga sazovor.

iPhone 8 Plus'ning imkoniyati ham DxOMark reytingida 94 ballga baholangan. Uning har biri 12 megapikselli 2 ta sensori telefoto va keng burchakli ob’yektiv vazifasini bajaradi. Ulardan biri 1.8, boshqasi 2.8 hajmli yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Undagi avtofokuslash, rang-tus berish va barqarorlashtirish funksiyalari takomillashgan. Har ikkala sensor optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Ayniqsa, telefoto ob’yektivi manzarani 10 karra yaqinlashtiradi. Portret janrida suratga olishda ham bu kamerafon tengsiz. Jihatlariga ko‘ra, bu kamera iPhone X kamerasi bilan bir xil.

Unda kamerafonlar o‘rtasidagi kurashni ochiq deb e’lon qilamiz!

Suratlarning birinchisi Samsung Galaxy Note 8'da, ikkinchisi iPhone 8 Plus'da olingan.  

Birinchi surat tabiiylikka yaqin. Biroq, bir oz oqarib ketgan. Ayfon olgan ikkinchi suratda esa kontrast yuqori. Stol esa to‘qroq joylarda negadir qorayib aks etgan. Ikkala rasmga qarab turib g‘olibni aniqlash qiyin. Biroq, Samsung Galaxy Note8'dagi tabiiylik ma’qulroq. Shu bilan birga, iPhone 8 Plus olgan suratni maxsus dasturda tahrirlash oson.

iPhone flagmanida suratga olish bilan bog‘liq bir muammo bor. Ob’yektga to‘q rang berish ilinjida uni ko‘kimtir yoki qoramtir bo‘lib aks etishiga sababchi bo‘lyapti. Yuqoridagi suratda ham savatchaning yon tomonlari yoki sabzavotlar (piyozda, ayniqsa) rangi keskin o‘zgargan.

Har ikkala kameradagi suratni qayta ishlash algoritmi yaxshi. Birinchi suratda orqadagi fonning g‘ira-shiraligi notabiiyroq chiqqandek. Biroq, aynan shu surat markazida ranglarning ifodalanishi ko‘ngildagidek. iPhone flagmani esa ob’yektni aniqlashga qiynalgan va orqa fon bilan birga, ob’yektning atroflarini ham xiralashtirgan.

Tabiiylikda, shubhasizki, chap tomondagi suratlar hozircha diqqatga sazovor. Biroq, o‘simliklarni suratga olishda "iliq" ranglarni bera olish fotokamera oldida turgan bosh vazifadir. Shu ma’noda bu gal ayfonda olingan suratga yuqori ball bergan ma’qul.

Gullarning mitti gullari va garmdorining yorqin rangiga qarab ham yuqoridagi manzarani suratga olishda ayfonning mutloq g‘olib ekanini anglash mumkin.

Bu fotosuratda Note8 kamerasining burchak kengligi naqadar katta ekanini ko‘rish mumkin. Boisi, ob’yektning iPhone 8 Plus kamerasi qamrab olomagan qismini Note8 bemalol suratga olgan. Bir qaraganda Note8 olgan surat detallarga boydek va iPhone 8 Plus bu gal ham sun’iy ranglarni aks ettirgan.

Bu suratda esa hammasi kunday ravshan: Galaxy Note 8 aniq-tiniq va keng burchak ostida surat olgan. iPhone esa o‘ziga o‘xshamay qolgan. Ayfon flagmani bir oz algoritmda adashgan. Ya’ni, kamera qarshisidagi ob’yektni qovoq emas, odam deb o‘ylagan va rasmni qayta ishlashda xatolik yuzaga kelgan.

Aytish joizki, Galaxy Note 8 kompaniyaning ilk qo‘sh sensorlari bosh kameraga ega bo‘lgan smartfoni. Unga 2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.

f/1.7 hajmli yorug‘lik linzalariga ega sensorlar, shuningdek Dual Pixel, optik barqarorlashtirish texnologiyalari bilan ham ta’minlangan. Ularning har biri alohida surat olishi ham mumkin.

Galaxy Note 8 selfi-kamerasi uchun 8 MP sig‘imli, diafragmasi f/1.7 bo‘lgan, avtofokus funksiyasiga ega modul tanlangan.

Galaxy Note 8 kamerasining yana bir ahamiyatli jihati bor -- undagi bosh kameradan o‘rin olgan har ikkala sensor ham suratni optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘lgan. Jahondagi biror bir qo‘sh ob’yektivli flagman bugungacha mazkur texnologiyaga ega bo‘lmagan.

Galaxy Note 8'ning yurtimizdagi bahos bilan bu yerda tanishing.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!