Galaxy S9 surat olishda iPhone X bilan kurashdi

Galaxy S9 surat olishda iPhone X bilan kurashdi

Samsung Galaxy S9 taqdim qilinishi bilan ekspertlar uning kamera imkoniyatlarini shu vaqtga qadar eng yaxshi kamerafonlardan biri bo‘lgan Apple iPhone X bilan taqqoslashga kirishdilar.

Apple'ning iPhone X flagmani 2017 yilning sentyabr oyida namoyish qilingan va ayni paytda yurtimizda 8 632 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda. Uning bosh kamerasida har biri 12 megapikselli 2 ta sensor o‘rnatilgan. Ular birgalikda yorqin suratlar oladilar.

Samsung'ning Galaxy S9 flagmani esa shu yilning martida taqdim qilindi va ayni paytda yurtimizda 7 260 000 so‘mdan savdoga chiqarilgan. Bu flagman bosh kamerasida bitta 12 megapikselli sensor mavjud. Bu sensor bir soniyada 12 ta kadrni muhrlaydi. Smartfondagi suratni qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi protsessor 12 ta kadrni qayta ishlab, har biridan eng yaxshi jihatlarini olib, ulardan yaxlit surat hosil qiladi.

1-surat: Bu masofa toshi Samsung flagmani olgan suratda bir oz yorqin va rangdor bo‘lib aks etib turibdi. Apple'ning kamerafoni esa toshni tabiiy ko‘rinishda muhrlagan. Shu bilan birga, iPhone olgan surat bir oz "shovqin" darajasi yuqori.

2-surat: Bu gal iPhone X imkoniyati yaqqol sezilib turibdi. Unda olingan surat yorqin, ayniqsa bosh kiyimining rangidan ham buni payqash mumkin. Shuningdek, daraxt, soch va kiyimga ham diqqat qilinsa, yorqin detallarga guvoh bo‘lish mumkin.

3-surat: iPhone olgan suratdagi qorning tusida kontrast, ya’ni ranglar qarama-qarshiligi yuqori. Samsung flagmani esa manzarani bir oz ochartirgan va surat yorqin aks etgan. iPhone olgan surat tabiiydek ko‘rinadi. Biroq, Samsung flagmani muhrlagan manzarada qor toza chiqqani Instagram tarmog‘ida qo‘l keladi.

4-surat: Bu manzarada umumiy miqyosda iPhone olgan surat g‘olib bo‘lishi mumkin. Samsung'ning kamerasidagi suratni yorqinlashtirish algoritmi manzaradagi "shovqinni" oshirib yuborgan va surat oqish tus olgan. iPhone X ijodiga mansub tasvirda esa ranglar tabiiy.

5-surat: Har ikkala smartfon olgan suratda muzlagan ko‘l tasviri taassurotli chiqqan. Suratni kattalashtirib, detallarga yaqindan nazar solinsa, Samsung kamerafonining imkoniyatlari yuqori.

6-surat: Bu ikkala surat o‘rtasida farq deyarli sezilmaydi. Biroq, iPhone X olgan surat bir oz yorqin va ranglar tiniq aks etgan.

7-surat: Har ikkala surat ham yaxshi chiqqan bo‘lsa-da, Samsung kamerafoni olgan rasm bir oz yorqin. Ayniqsa markazdagi idish ichiga qaralsa, bunga amin bo‘lish mumkin.

Qolgan suratlarga o‘zingiz baho bering.

Samsung Galaxy S9 smartfonlari kamerasidagi "DRAM" texnologiyasi sekundiga 960 kadrni muhrlash imkonini beradi. Bunday imkoniyat hali biror smartfonda yo‘q. 

Apple iPhone X 2 ta 12 megapikselli sensorlari bilan kuchli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan.

Koreyalik smartfonning selfi kamerasi iPhone X'ning old kamerasi bilan bellasha olmaydi. Sababi, bu flagmanlarda odmigina avvalgi 8 megapikselli modul tanlangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!