Kamerasi bor: Snapchat yangi Spectacles ko‘zoynagini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  560
  •  06.09.2018 12:41

Kamerasi bor: Snapchat yangi Spectacles ko‘zoynagini namoyish qildi

Snapchat ijtimoiy tarmog‘i kamera o‘rnatilgan Spectacles ko‘zoynaklari lineykasini rivojlantirishda davom etmoqda. Assortimentga yana ikkita yangi  Nico va Veronica modellari qo‘shildi.

Texnik imkoniyatlari bo‘yicha yangi model standartli Spectacles 2 Original’dan aslo farqi yo‘q, faqat dizayni o‘zgargan. Nico va Veronica ko‘proq qo‘yosh nuridan himoyalovchi  klassik uslubdagi ko‘zoynakka o‘xshaydi. Avvalgilari anchayin noodatiy ko‘rinishda edi, shu bois ko‘pchillikning uni sotib olishga xushi bo‘lmadi.

Ko‘zoynak ijtimoiy tarmoqda namoyish qilish uchun fotosuratga va videoga  olish imkoniga ega. Qisqa roliklar smartfonga Bluetooth yoki Wi-Fi orqali yuklanadi, keyin ularni tahrir qilsa bo‘ladi, bir yerga yopishtirish musiqa bilan boyitish va omma e’tiboriga havola qilishga tayyorlash ham mumkin.

O‘qing:Joriy etilishi kutilayotgan innovatsion 10 ta mobil texnologiya

Yangi Scectacles 2 Nico va Veronica ko‘zoynaklari hozircha cheklangan nusxada chiqariladi, narxi 199 dollar deyishmoqda.

Scectacles ko‘zoynaklari haqida gap ketganda, bir jihatni esdan chiqarmaslik kerak, ya’ni videoga yozish amalga oshirilayotgan paytda ob’yekti atrofida bir nechta LED-indikatorlar yonadi. Bu esa, gadjet suratga olish fakti bo‘yicha signal berayotganidan dalolatdir, demak rasman olib qaraganda u josuslik gadjeti sanalmaydi.

Umuman olganda, bunday qurilmalar rasman ta’qiqlangan, lekin gadjet yaqin orada sertifikatsiyadan o‘tsa kerak. Buning uchun suratga olish amalga oshirilayotgani haqida indikatsiya majburiydir, Spectacles'da  esa bu tizim mavjud.

O‘qing:Google Glass 2: kelajak ko‘zoynaklarini takomillashtirish davom etadi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.