Katta qizil tugma: vaziyat keskinlashganda hamma kriptovalyutani bir zumda sotish mumkin

  •   Saroy
  •  541
  •  18.10.2018 14:15

Katta qizil tugma: vaziyat keskinlashganda hamma kriptovalyutani bir zumda sotish mumkin

Agar siz nobarqaror kriptovalyuta bozorida savdo yuritayotgan bo‘lsangiz, demak narxlar tushayotgan paytda barcha aktivlardan bir zumda qutilishni o‘ylagan bo‘lsangiz kerak. Bir tashabbuskor xuddi shunday vaziyatlarda hamma kriptovalyutalarni bir zumda sotib yuborish uchun jismoniy tugmachani yasadi.

O‘QING:Maqsad kriptovalyuta topish: xakerlar hukumat saytlariga ham kirib borishmoqda

Shu maqsadda maxsus funksiya ham mavjud bo‘lib, unda treyderlarga narx tushib ketishining ma’lum bir plankasi belgilangan. Narx tushishi ushbu plankaga yetgach tizim avtomatik tarzda aktivlarni sota boshlaydi. Endi ushbu jarayonni katta qizil tugmacha yordamida jismoniy darajada ham his qilib ko‘rsa bo‘ladi .

Almashtirish uchun tizimga kirish shart emas, barcha buyurtmalarni qo‘lda bekor qilishga, keyin  hamma tangalarni bittalab sotib o‘tirishga ham hojat yo‘q, shuncha katta qizil tugmani bossangiz bo‘ldi, shuning o‘zi yetadi. Hozircha u faqat  Binance bilan ishlaydi. Lekin ixtiro mualliflari devays ochiq API’da barcha almashtiruvchilar bilan ham ishlay olishini aytishmoqda.

O‘QING:Kelajak bitkoini: dunyodagi eng tezkor kriptovalyuta namoyish qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!