Kechagina taqdim etilgan Total War Saga: TROY o‘yinini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  1219
  •  14.08.2020 10:53

Kechagina taqdim etilgan Total War Saga: TROY o‘yinini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

Epic Games studiyasi kecha – 13 avgust kuni Total War strategiya turkumining navbatdagi o‘yinini namoyish qilgan. Total War Saga: TROY nomli bu o‘yinni taqdimot sharafiga uni faqat bir kunga bepul ulashmoqda.

O‘QING: Afsonaviy Quake 2 o‘yinini bepul yuklab olishga ulguring!

Nomidan anglashilib turganidek, bu o‘yinda voqealar Qadimiy Yunoniston (Gretsiya) yurtida bo‘lib o‘tadi. Total War Saga: TROY talqini Metacritic agregatorida allaqachon baholangan va dastlabki taqrizlarda 100 balldan 75 ball olgan.

Aytish kerakki, mazkur o‘yin to 2021 yilgacha Epic Games Store uchun eksklyuziv bo‘ladi, ya’ni shundan boshqa platformalarga chiqmaydi. Bugun – 14 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan kechki soat 18.00 gacha esa uni mana bu havola orqali bepul olib qo‘yishingiz mumkin. Quvonarlisi – shungacha o‘yinni olib qo‘ysangiz, keyin istalgan paytda bepul o‘ynayverasiz!

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!