Kelajak flagmanlari protsessori – Snapdragon 8150 taqdimot sanasi ham ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  511
  •  22.11.2018 10:52

Kelajak flagmanlari protsessori – Snapdragon 8150 taqdimot sanasi ham ma’lum bo‘ldi!

Qualcomm kompaniyasining 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlanayotgan navbatdagi flagman protsessori Snapdragon 855 bo‘lishi kerak edi. Ammo nisbatan yaqinda aniqlanganidek, u boshqacharoq – Snapdragon 8150 deb nomlanmoqda.

O‘QING: Snapdragon 8150 flagman protsessori AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Garchi ayrim smartfonsozlarning flagman modellarida ushbu chipset qo‘llanishi allaqachon ma’lum bo‘lsa-da, haliyam Snapdragon 8150 protsessori rasman namoyish etilgani yo‘q.

Lekin uning taqdimoti tez orada, aniqrog‘i – 4 dekabrda bo‘lib o‘tishini aytishmoqda. Snapdragon 8150 protsessorli flagman smartfonlar esa kelasi yil bozorga chiqadi. Ularning dastlabkilari CES 2019 yoki MWC 2019 ko‘rgazmasida taqdim qilinishi ham mumkin.

Shunisi ham borki, uncha tanilmagan xitoylik bir kompaniya allaqachon Snapdragon 8150 chipi bazasida inqilobiy smartfon yaratib, savdoga qo‘yishga ham ulgurgan...

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)