Kelajak smartfonlari kelajak batareyalari bilan

  •   Saroy
  •  2094
  •  28.08.2018 16:13

Kelajak smartfonlari  kelajak batareyalari bilan

Kobalt yetkazib berish tobora qiyinlashmoqda — xom-ashyo qazib olish  Kongo demokratik respublikasidagi muammolar tufayli borgan sari murakkablashmoqda. Bu mamlakat ushbu elementning dunyodagi asosiy manbalaridan biri sanaladi. O‘tgan yili noutbuklar va boshqa qurilmalar batareyasi uchun 30 ming tonna kobalt ishlatilgan. Kobalt  litiy-ionli batareyaning hal qiluvchi komponentlaridan sanaladi.

O‘QING:Huawei eng baquvvat akkumulyatorli flagmanini tayyorladi

LG Chem kobaltli batareyadan voz kechishni rejalashtirayotgani haqda e’lon qildi. Hozirdanoq, ishlab chiqaruvchi 10 foiz kobalt kam ishlatilgan  batareyasini  sotmoqda, kelasi yili ushbu ko‘rsatkich 40 foizgacha o‘sishi kerak.  2020 yilga kelib bunday batareyalar 60 foizga yetkaziladi. Akkumulyatorlarning aksariyati nikel-kobalt-margans bo‘lishi va tarkibida kobalt atigi  20-30 foiz qolishi yozilmoqda.

Janubiy Koreya kompaniyasining yangi texnologiyasi litiy-ionli batareyada kobalt ulushini  70 foizgacha qisqartirish imkonini beradi, Shu bilan birga, batareyaning tavsifi avvalgicha qolaveradi. Shuni ham ta’kilash joizki, kobaltdan foydalanish muammosi ikkinchi bor ko‘tarilmoqda, demak kompaniya haqiqatan ham mazkur masalaning yechimini topishga jiddiy bel bog‘lagan ko‘rinadi.

O‘QING:Smartfon va noutbuk akkumulyatorlari qimmatlashmoqda

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!