Kelajak transporti qanday bo‘ladi? Segway ilgari surayotgan versiya

  •   Saroy
  •  902
  •  29.06.2018 13:16

Kelajak transporti qanday bo‘ladi?   Segway ilgari surayotgan versiya

Seagway kompaniyasi shaxsiy elektrotransportning yangi turini namoyish etdi. U rolik bilan giroskuterning aralashmasiga o‘xshab ketadi.

Transportning ushbu yangi turi e-Skates, deb nomlandi. Bu, g‘ildiragi bor va elektromotorli ikkita alohida mustaqil platformalardir. Tashqi ko‘rinishidan, ular rolikli konkiga o‘xshab ketadi, lekin giroskuter tamoyilida ishlaydi. Odamga faqat platformada turib olish,  tanasining holatini o‘zgartirib, harakatlanish qoladi, xalos. Yangi transportning birinchi modeli Drift W1 bo‘ldi.

O‘QING: Las-Vegasda eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar namoyish qilinmoqda

e-Skates transportining eng muhim jihati shundaki, unga maxsus poyafzal yoki oyoq mahkamlagich shart emas. Platformalar ustida maxsus qoplama yiqilib ketishning oldini oladi. Shu bilan birga bunday roliklar juda ixcham bo‘lib, ular har qanday ryukzakga sig‘ib ketaveradi.

Segway kompaniyasi Drift W1 modelini namoyish etsa-da, yangi transportning barcha tavsifi, narxi va boshqa tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinishini bildirgan. Shu yilning avgust oyida Berlinda IFA 2018 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Jurnalistlar yoki boshqa ishtirokchilar ko‘rgazma davomida e-Skates bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Omadlirog‘i esa yangi transportda uchib ham ko‘rishi mumkin.

O‘QING: «AROBA.UZ» – HAYDOVChILAR VA YO‘LOVChILAR IShINI YeNGILLAShTIRUVChI SERVIS!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.