Kentavrlar biz uchun xavflimi?

  •   Saroy
  •  1402
  •  13.10.2018 12:36

Kentavrlar biz uchun xavflimi?

Avstriyalik olimlar kentavrlarning Yer bilan to‘qnashish ehtimolini hisoblab chiqishdi. Kentavrlar, bu – Neptun bilan Yupiter sayyoralari o‘rtasida joylashgan asteroidlardir.

Kentavrlar afsonaviy ot odamlar emas, balki unchalik katta bo‘lmagan asteroidlardir. Ular Koyper belbog‘i va asteroidlarning asosiy belbog‘i orasida mavjud. Ularning orbitasi ulkan-sayyoralar orbitalari bilan kesishadi, ammo qachonlardir o‘zining gravitatsiyasi tufayli kentavrlarni baribir orbitasidan itqitib yuboradi. Bunday asteroidlarning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli nolga teng, shu bois Vena universiteti  astrofiziklari  kentavrlardan birining Yer bilan to‘qnashish ehtimoli qay  darajada ekanligini baholashga qaror qilishdi.

O‘QING:Yulduzlar chorlamoqda: Amazon koinotshunoslik bilan ham shug‘ullanmoqchi

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, kentavrlarning taxminan yarmi bevosita sayyoramiz guruhiga kiruvchi Mars, Venera va Yerning  atrofiga yaqin masofada aylanadi.  Ularning 7 foizga yaqini ushbu sayyoralar bilan birga harakat qilishi mumkin. Kichkina kentavrlar, masalan diametri bir kilometr chiqadiganlarining Yer bilan to‘qnashish chastotasi  14 million yilga bitta to‘g‘ri keladi  (taqqoslash uchun: kentavrlar Venera bilan 13 million yilda bir marta to‘qnashadi, Mars bilan esa  —  46 million yilda bir marta).

Olimlar asteroidlar tushish jarayonida shakllangan kraterlarni o‘rganib  shunday ma’lumotlarni oldilar. Koinotshunoslar koinot jismlarining  yer guruhiga kiruvchi sayyoralar bilan to‘qnashish sonini hisoblab chiqishdi va Yerga tuqnashganda koinot jismlaridan qancha suv tushishini ham o‘rgandilar. Avstriyalik olimlarning mazkur ishlari insoniyatga koinot tahdidi qanchalik darajada xavf tug‘dirishini hisoblash bilan birga, Quyosh tizimining evolyusiyasiga ham yangicha nazar tashlashga imkon beradi.

O‘QING:125 milliard dollarlik loyiha: sayyohlar koinotga liftda olib chiqiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!