Kevin yana «Uyda yolg‘iz», ammo bu gal Google Assistant bilan! (ikkita video)

  •   DiMaX
  •  2444
  •  26.12.2018 15:18

Kevin yana «Uyda yolg‘iz», ammo bu gal Google Assistant bilan! (ikkita video)

Har gal Yangi yil arafasida ekranlarga chiquvchi «Uyda yolg‘iz» filmini ko‘rmagan kishi bo‘lmasa kerak. Ekranlarga chiqqanidan 28 yil o‘tib, Google bu badiiy filmning ayrim o‘rinlarini yangicha talqinda qayta ishladi.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

1990 yili na smartfon, na «aqlli» soat yo‘q edi. Shu bois ham Rojdestvo bayramida uyida yolg‘iz qolib ketgan Kevin Makkalister o‘zini o‘sha davr bolalaridek tutadi. Otasining soqol olish ko‘pigidan foydalanadi, krovatda sakrab o‘ynaydi, ko‘ngli tusagan narsadan yeydi, gangsterlar haqidagi kinolarni ko‘radi...

Ayni shu lavhalar Google marketologlarini ilhomlantirdi va ular «Yana uyda yolg‘iz, Google Assistant bilan» nomli reklama roligini suratga olishdi. Unda oradan 28 yil o‘tgach, ulg‘ayib qolgan Kevin yana uyda bir o‘zi qoladi va, har qanday zamonaviy kishi singari, turli gadjetlardan foydalanadi. Makkalisterlar xonadoni esa Google Assistent bilan jihozlangan.

Korporatsiya lavhada filmning barcha mayda tafsilotlarigacha tiklay olgan. Faqat original kinoda Kevin shunchaki o‘zi bilan o‘zi gaplashgan bo‘lsa, reklama roligida Google Assistant bilan muloqot qiladi.

O‘QING: Google va Google ishchilari haqida 23 fakt

Havaskorlar allaqachon 1990 yildagi original filmning o‘sha lavhalarini Google tayyorlagan yangicha talqin bilan taqqoslashdi va uni ham YouTube’ga joylashdi:

Nima deb o‘ylaysiz, bizning kichkintoylar o‘z uyida shunaqa yolg‘iz qolib ketishsa qanday yo‘l tutishar ekan?

O‘QING: Farzandingiz Google tanlovida ishtirok etishini istaysizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!