Kim birinchi bo‘lib Oyda o‘z bazasini yaratadi – AQSh, Rossiya yoki Xitoy?

  •   DiMaX
  •  495
  •  07.06.2021 06:11

Kim birinchi bo‘lib Oyda o‘z bazasini yaratadi – AQSh, Rossiya yoki Xitoy?

Ayni paytda uchta mamlakatda Oy dasturi bor: Amerika, Rossiya, Xitoy. Shular orasida birinchi bo‘lib Oyda o‘z bazasini yarata olgani fazoviy poygalar yetakchisiga aylanishi mumkin. Bu to‘g‘rida «Naked Space» telegram-kanaliga asoslanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Amerika Qo‘shma shtatlari (NASA) 2019 yilning may oyida insonni Oyga qaytarish dasturini (Artemis) ochiqladi. Unga ko‘ra, 2024 yilda Oyga parvoz qilinib, inson ikkinchi marotaba Yerning tabiiy yo‘ldoshiga qadam qo‘yishi rejalashtirilgan.

Rossiya dasturi 2028-2029 yillarda Oyga uchuvchisiz parvozlarni mo‘ljallayapti, 2030 yilda esa ilk rus kosmonavtini Oyga yuborish ko‘zda tutilgan.

Xitoy Oyning janubiy qutbida 2023-2024 yillarda robotlashgan ilmiy stansiya qurishni, keyinroq, 2028 yilda fazogirlarni jo‘natishni rejalashtirgan.

Hozircha bu mamlakatlardan birontasi o‘z dasturini intihosiga yetkazgani yo‘q, demak, poyga davom etadi.

Xalqaro qonunchilik mamlakatlarning Oyni bo‘lib olishini taqiqlaydi, aftidan, Oy mustamlakachilari zaxiralar uchun Yerda boshlangan kurashni Oyda davom ettirishadi.

O‘QING: Ilon Maskdan avval Jeff Bezos fazoga chipta sotyapti – parvoz shu yil 20 iyulga belgilandi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!