Kim birinchi boshlaydi? Rossiya, AQSh yoki Xitoy

  •   Saroy
  •  3628
  •  16.08.2018 13:11

Kim birinchi boshlaydi? Rossiya, AQSh yoki Xitoy

Sovuq urush tugaganiga ham 30 yildan oshdi, o‘zaro sanksiyalarni hisobga olmaganda, albatta. Muhimi, ikki buyuk davlat ham (uchunchisi Xitoy bo‘lganini esdan chiqarmaylik)  ongli ravishda yadro urushini hech qachon boshlamasligini ta’kidlab keladi. Chunki bunday urush insoniyat hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin. Ammo shunday bo‘lsachi, elektronikada tasadifan yo‘l qo‘yilgan xato tufayli boshlanib ketsa-chi?

Gap shundaki, AQSh ham, Rossiya va Xitoy ham yadroviy yoki oddiy tahdidlarni monitoring qilish uchun  komanda berish hamda  kommunikatsiyaning bitta  tizimidan foydalanishadi. Shunday ekan, yadroviy bo‘lmagan ob’yektlarga nisbatan uyushtirilgan «oddiy» hujumni  ham  (masalan, muvofiqlashtiruvchi sun’iy yo‘ldoshga) yadroviy hujumga qarshi mudofaa to‘siqlarini buzib kirishga urinish, deb qabul qilinishi mumkin. Oq uyda allaqachon bu masala faol muhokama qilinmoqda. Ular Amerikaga uyushtirilgan kiberhujum yoki Amerika sun’iy yo‘ldoshiga uyushtirilgan hujum strategik tahdid sifatida baholanishi mumkin deyishmoqda.  Agar shunday bo‘lsa albatta, “yadroviy” javob chorasi ko‘rilishini taqoza etadigan holat yuzaga keladi.

Masalan, Xitoy AQShning komanda berish tizimini “falaj" qilib qo‘yish uchun uning sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilishi mumkin.

O‘QING:AQSh harbiylarining yadroviy zarba berish haqidagi buyrug‘i tasodifan oshkor bo‘ldi

Ekspertlarning e’tibor qaratishicha, Amerika sun’iy yo‘ldoshlari hozirda yadroviy hujumga buyruq beruvchi va mamlakatlarni nazorat qilib turivchi amalda yagona vositaga aylangan va ular bir vaqtning o‘zida noyadroviy kommunikatsiyalar bilan ham shug‘ullanadi.

AQSh tomonining xavfsirayotgani shuki,  Rossiya Amerikani burchakka tiqib qo‘yish uchun cheklangan yadroviy hujumni boshlashi mumkin. Bunday vaziyatda AQSh yoki chekinishi, yoki keng qamrovli yadroviy urush boshlashga tavakkal qilishiga to‘g‘ri keladi. Rossiya ham AQShning oddiy kuchlarini chorasiz qoldirishi uchun ham urush, ham tinchlik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan aloqa tizimiga hujum qilishi mumkin. O‘z navbatida AQSh buni dushman tomonidan uning yadroviy mudofasini buzib kirishga urinish, deb qabul qilishi tayin.  

O‘QING:AQSh afsonaviy quroliga qaytadan jon bag‘ishladi

Mazkur muammo Xitoyga ham tegishlidir, chunki u ham AQSh keng qamrovli hujum uyushtirsa, uni qaytarish uchun Xitoyning dastlabki javob hujumi yetarlicha bo‘lmaydi (AQSh ham Xitay haqida xuddi shunday o‘yladi), deb hisoblaydi. Shunga qaramay, masalan  Xitoy AQShning raketa hujumidan ogahlantiradigan tizimini ishdan chiqarish uchun hujum uyushtiradigan bo‘lsa, bu AQSh tomonidan aniq yadro hujumi sifatida qabul qilinadi.

Yadroviy tizimni alohida qilish dasturi ushbu uchchala gigant-mamlakatlar uchun ham haddan ortiq harajat talab qiladigan  va samarasiz ish, deb tan olingan. Toki. bu borada o‘zaro  differensiatsiya mavjud emas ekan, har qanday hujum yadro urushiga chaqiriq, deb qabul qilinishi mumkin. Xullas, bu masalada uchchala mamlakatning ham favqulodda aniqlik bilan ish yuritishiga umid qilishdan boshqa chora qolmaydi, deya ta’kidlanadi mazkur xabarda...

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!