Klassik telefonlar kimga kerak?

Klassik telefonlar kimga kerak?

Uzoq vaqtlar davomida insonlar uchun ishonchli xizmat qilib kelgan qurilmalar bozorlarda deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Ammo, yoshlik davrida ishlatgan klassik telefonlarni yana sotib olishni istagalar ham yo‘q emas. Sotuvda esa ushbu qurilmalar mavjud emas, bo‘lsa ham juda qimmat. Bunga sabab sifatida, qurilmalarni mamlakatimizga olib kirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligini keltirish mumkin. Kuni kecha bojxonada olib qo‘yilgan yana ko‘plab qurilmalar ham o‘z egalarini topishi mumkin edi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro O.X. bojxonachilar e’tiborini tortdi va tezkor kuzatuvga olindi, deb yozadi Bojxona qo‘mitasi o‘z saytida.

Natijada, ushbu shaxs bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida 8,1 million so‘mlik 27 dona uyali telefon apparatlarini bojxona chegaralaridan olib o‘tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

 O‘QING: Katta miqdordagi videokassetalar noqonuniy olib kirilgan: eskirgan texnologiya kimga va nimaga kerak bo‘lgan?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!