Kompyuter uchun Android ishlab chiqildi  

Kompyuter uchun Android ishlab chiqildi  

Google  kompaniyasining sobiq xodimlari, hozirda Jide Technology kompaniyasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan Remix OS`ning takomillashtirilgan versiyasi ishlab chiqilgani haqida ma’lum qilindi. Xabarlarga ko‘ra, mazkur operatsion tizim Android`ga asoslangan va uni kompyuterlarda ham qo‘llash mumkin.

Remix OS

Remix OS`ning ishlab chiqarilishiga Android`ni yanada kengaytirish extiyoji sabab bo‘lgan. Yangi operatsion tizim kompyuterda huddi oddiy mobil versiyadagi kabi ishlaydi. Afzalligi endi foydalanuvchilar o‘z shaxsiy kompyuterlari orqali Google Play`ga kirib, istalgan ilovalar yoki o‘yinlarni ko‘chirib olishlari mumkin.

Yangiligi nima?

Remix operatsion tizimi ko‘p vazifalar yuklangan va bir vaqtning o‘zida bir necha oynalar ochilgan vaziyatda ham yaxshi ishlaydi. Shuningdek, unga yangi kelgan xabarlarni ko‘rsatib turuvchi qo‘shimcha panel ham o‘rnatilgan. Muhim o‘zgarish sifatida fayl menejerining yanada yaxshilangan tizimini aytish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.