Kompyuter va televizor bolaning ko‘rish qobiliyatini susaytirmasligi aniqlandi

Kompyuter va televizor bolaning ko‘rish qobiliyatini susaytirmasligi aniqlandi

Bolalarda uzoqni ko‘ra olmaslik nuqsoni yuzaga kelishiga teleko‘rsatuv tomoshasi va kompyuter o‘yinlari sababchi emasligi aniqlandi. ScienceDaily xabar berishicha, oftalmolog shifokor Skott Rid shunday xulosaga kelgan.

O‘rganishlar bola uzoq muddat televizor yoki kompyuter ekraniga tikishilishi ko‘ziga putur yetkazmasligini ko‘rsatdi. Ko‘rish qobiliyatining pasayishiga tabiiy yorug‘likning yetishmasligi sababchidir.

Bolada uzoqni ko‘rolmaslik rivojlanmasligi va ko‘rish qobiliyati susaymasligi uchun kuniga kamida ikki soat vaqtini ko‘chada tabiiy yorug‘likda o‘tkazishi lozim. Uyda ham bolaning xonasiga imkon qadar ko‘p tabiiy yorug‘lik tushishini tashkil qilish kerak.

Shifokor Rid Avstraliyadagi konferensiyada ma’ruzasi chog‘ida kompyuter, televizor, planshet singari qurilmalar bola ko‘rish qobiliyatiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Kompyuter o‘yinlariga ruju qo‘ygan bola ko‘p vaqtini ekran qarshisida o‘tkazadi, ammo bu vaqtning ko‘rish qobiliyati susayishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi yo‘q.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.