Koreyada Galaxy Note 7 savdosi nihoyasiga yetdi: fablet tarixda qoldi

Koreyada Galaxy Note 7 savdosi nihoyasiga yetdi: fablet tarixda qoldi

Qayta tiklanib, "Fan Edition" nomi bilan bozorga chiqarilgan Galaxy Note 7 Janubiy Koreyada iyul oyi boshida savdoga chiqarilgan edi. 2 oy davom etgan savdolar nihoyat yakunlangani to‘g‘risida Koreaherald nashri xabar bermoqda.

Manbaaning ma’lum qilishicha, qisqa vaqt ichida Samsung 400 000 dona Galaxy Note FE fabletidan sotishga muvaffaq bo‘lgan.  

Galaxy Note FE (Fan Edition) deb nomlandi va texnik jihatdan originalidan bir oz farq qiladi. Aslidan eng muhim farq batareya sig‘imida — endi 3500 emas, 3200 mA soat. Shuningdek, flagmanda Galaxy S8'ga xos interfeys, jumladan Bixby virtual yordamchisi joriy qilingan.

Galaxy Note FE flagmani Qualcomm Snapdragon 821 protsessori, 4 GB operativ xotira, sig‘imi 2560 x 1440 pikselli 5,7 dyuymli Super AMOLED displeyga ega bo‘lgan. Metall korpus IP68 standarti asosida suv hamda changning ta’siridan himoyalangan.


Fablet 64 GB yoki 128 GB doimiy xotirali talqinlarda ishlab chiqarilmoqda. Apparat ko‘k, tilla va kumush rangli talqinlarda taqdim qilingan. Bor-yo‘g‘i 400 000 dona sotuvga chiqariladigan Galaxy Note FE $610 dollardan boshlab sotilmoqda. Ya’ni, fablet originalidan 30% ga arzon.

Note 7 inqirozi Samsung tarixidagi eng og‘ir voqea bo‘lgan. Jahonning yetakchi smartfonsozi qisqa fursat ichida 2.5 million dona Note 7 sotishga ulgurgan edi. 2016 yilning kuzidan boshlab jahon miqyosida aviakompaniyalar  Note 7 fabletini samolyotlar bortiga olib chiqishni taqiqlashi, kompaniya rasman barcha xaridorlardan smartfonlarini ortga qaytarishlarini so‘rab murojaat qilishi oqibatida, millionlab Note 7'lar Samsung kompaniyasiga qaytarilgan edi. Bu kompaniyaga jami $5.2 milliard dollar zarar keltirgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!