Koreyani WannaCry’dan Samsung himoya qiladi

Koreyani WannaCry’dan Samsung himoya qiladi

Qisqa muddatda butun dunyodagi Windows kompyuterlari foydalanuvchilarini vahimaga solgan WannaCry kiber-virusining tahdidi hali ham to‘xtagani yo‘q. 300 mingga yaqin kompyuter tizimlarini zararlagan virus qimmatli ma’lumotlarni shifrlab, mashina o‘qiy olmaydigan formatga aylantirgan. Ularni asl holiga qaytarish uchun tovlamachilar 300 AQSh dollari miqdoridagi virtual valyuta talab qilishgan.

Kiber hujumning asosiy qurbonlari Windows 7 operatsion tizimi foydalanuvchilari bo‘lishdi. Virus tarqalgach, Microsoft zudlik bilan operatsion tizimdagi “virtual yoriq”ni tuzatadigan yangilanishlarni e’lon qilgan edi.

Bloomberg News nashrining yozishicha, Samsung kompaniyasi WannaCry virusining hujumiga o‘xshash xurujlar bundan keyin mobil aloqa operatsion tizimlarida ham kuzatilishi mumkinligi, shuning uchun kompaniya ularga qarshi choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Shuningdek, kompaniya Janubiy Koreya hukumati bilan bu kabi xurujlardan himoyalanish bo‘yicha yangi dasturlarni amalga oshiradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.