Koreyaning o‘zida 1 mln dona Galaxy S8’ning avvaldan buyurtma qilinishi kutilmoqda

Koreyaning o‘zida 1 mln dona Galaxy S8’ning avvaldan buyurtma qilinishi kutilmoqda

Galaxy S8 hozirgi kunga qadar Samsung taqdim qilgan smartfonlar ichida jamoatchilik orasida qisqa fursat ichida juda katta e’tiborni qozongan mobil aloqa vositasi sifatida tarixda qoladigan ko‘rinadi. Koreyalik nashrlarning 10 aprel kuni yozishlaricha, Samsung yangi flagmanlarga avvaldan buyurtma olishni boshlaganidan 4 kun o‘tib, 550,000 ta Galaxy S8 buyurtma qilingan. Samsung kompniyasining tasdiqlashicha, 5-kuni buyurtmachilar soni 600,000 tadan oshib ketgan.

Samsung 11 aprel kuni flagmanlarga berilgan buyurtmalar soniga aniqlik kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha jami 620,000 dona 5.8 dyuymli Galaxy S8 hamda 6.2 dyuymli Galaxy S8’ga avvaldan to‘lovlar qilingan. Shuningdek, 150 ming dona 6 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy xotira talqinidagi maxsus Galaxy S8+ smartfoniga buyurtma berilgan.

Mazkur kutilmagan qiziqishdan Samsung shoshib qolayotgani yo‘q va jamoatchilikning so‘nggi “geleksi”ga bo‘lgan ehtiyoji o‘z vaqtida qondirilishini ma’lum qilgan. Ekspertlarning fikricha, Janubiy Koreyada yig‘ilayotgan Galaxy S8 smartfoniga buyurtma berish sur’ati shu taxlit davom etsa, 21 aprelga, ya’ni avvaldan buyurtma berish muddati tugagunigacha Koreyaning o‘zida 1 million dona Galaxy S8 mobil apparatiga buyurtma beriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.