Koronavirus oqsil tarkibining ilk uch o‘lchamli tavsiri olindi!

  •   DiMaX
  •  539
  •  28.12.2020 14:25

Koronavirus oqsil tarkibining ilk uch o‘lchamli tavsiri olindi!

Yodingizda bo‘lsa, bahorda amerikalik biologlar koronavirusning «ovozi»ni yozib olishgan edi va u klassik musiqaga o‘xshaydi. Keyinroq esa Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishgan.

O‘QING: Smartfonga o‘rnatiluvchi yangi ko‘chma test koronavirusni yarim soatdayoq aniqlaydi!

Koronavirusga qarshi qaqshatkich kurash bir yildan oshiq davom etayotgan bo‘lsa-da, hujayraga uning yuqishida asosiy omil bo‘luvchi oqsil qanaqa bo‘lishini ham olimlar hanuz yaxshi bilishmaydi. Amerikalik olimlarning yangi tadqiqoti esa virusga qarshi samarali qurolni yaratish maqsadida shu va boshqa jarayonlarni anglashga ko‘maklashadi.

Koronavirus tana hujayralariga o‘zining «oqsil tikanak»lari orqali yopishib oladi. Bu – xastalik yuqishining birinchi qadami, lekin hammasi aynan shundan boshlanadi. AQSh Mudofaa vazirligiga qarashli SLAC laboratoriyasi hamda Stenford universiteti olimlari ayni mana shu «oqsil tikanak»larining tarkibini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Uning ko‘rinishini GIF formatidagi surat-videoda tomosha qilamiz:

Virus yuqish apparatining bunchalik aniq tasvirini olish uchun olimlar kriogen elektron mikroskopiya (krio-EM) asosidagi, qudratli kompyuter yordamida kuchaytirilgan usuldan foydalanishgan.

Tajriba davomida oqsil tikanagini bir lahzadayoq muzlatishgan va shu tariqa unga zarar yetkazmasdan, tarkibiy qismlarining tabiiy joylashuvini saqlab qolishgan. Shundan so‘ng maxsus jihozlar yordamida uning minglab suratlarini olishgan va ularni uch o‘lchamli modelga birlashtirishgan.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.