Kosonda ovozli piyodalar yo‘lakchasi qurildi

Kosonda ovozli piyodalar yo‘lakchasi qurildi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, yo‘l infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yo‘llar sifatini oshirish, shuningdek, yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Koson tumani “Mustaqillik” ko‘chasida yangi innovatsion loyiha asosida “Xavfsiz piyodalar yo‘lakchasi” qurildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

​Ўзбекистонда илк маротаба овозли пиёдалар йўлакчаси қурилди

Yozilishicha, yo‘lakcha bir kecha-kunduzda piyodalar xavfsizligini birdek ta’minlash maqsadida murakkab elektron vositalar bilan jihozlangan. Xususan, ushbu piyodalar yo‘lakchasiga 50 va 30 metr yetmasdan shovqin chiqaruvchi gorizontal polosalar barpo etilgan. Buning uchun yo‘l qoplamasi 0,5 santimetr qalinlikda qirib olinib, sariq rangli ko‘ndalang qoplama qoplangan bo‘lib, ular haydovchining sergakligini oshirish bilan birga yo‘lakchaga yaqinlashayotganidan ogoh etadi. Shuningdek, maxsus qurilmalar piyoda yo‘lakka kirishi bilan ishga tushib, o‘ta sezgir detektorlar yordamida yo‘lakka piyoda kirayotganligi to‘g‘risidagi ogohlik signalini harakatlanayotgan piyoda tasviri aks etgan yo‘l belgisiga uzatadi. Hamda piyoda yo‘lakchadan o‘tayotganida o‘ta sezgir detektorlar yordamida mayin tovushda “piyodalar diqqatiga, eshitish va qo‘l telefonlaridan foydalanmang” deb yo‘lakchadan o‘tayotgan piyodalarni qo‘l telefonidan foydalanmaslikka undaydi. Ushbu signal haydovchilarni yo‘lakchada piyoda harakatlanayotganidan ogoh etadi.

photo5434079411759590047.jpg

Bundan tashqari, yo‘lakchada uzoqdan ko‘rinib turadigan orgplastik shisha materialdan tayyorlangan vertikal yo‘naltirgich o‘rnatilgan bo‘lib, tunda yorug‘lik tarqatadigan svetodiod ham joylashtirilgan. Yo‘lning qatnov qismiga chiqish joyida ikkitadan, piyodalar yo‘lakchasida esa 4 tadan vertikal yo‘naltirgich qo‘yilgan. Yashil yoritgichlar piyodalarga yo‘nalishni ko‘rsatadi. Vertikal yo‘naltirgichlar yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodalarga o‘tish nuqtasi haqida axborot beradi. Kunduzgi va tungi vaqtlarda piyoda va haydovchilarga yaxshi ko‘rinib turadi.

photo5434079411759590056.jpg

Piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab gorizontal chiroqlar tungi vaqtda piyodani yoritish bilan birga haydovchini to‘xtash chizig‘i haqida ogohlantirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu hududda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqarolarni nazorat qiluvchi 3 ta videokamera o‘rnatilgan. Bu piyodalar xavfsizligini ta’minlash bilan birga yo‘l harakati qoidabuzarliklarining oldini oladi.

O‘QING: Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!