Kox Don Djin: Galaxy Note seriyasi yashashda davom etadi

Kox Don Djin: Galaxy Note seriyasi yashashda davom etadi

Kuni kecha Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi  2016 yilning avgust oyida taqdim etilgan va oradan bir necha oy o‘tgach jiddiy nosozlik tufayli ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Galaxy Note 7 fabletining yonib ketish sabablariga aniqlik kiritdi.

Ferra saytining yozishicha, Samsung top-menejeri Kox Don Djin CNET nashri bilan o‘tkazilgan suhbatda Galaxy Note 7 bilan sodir bo‘lgan noxushlikka qaramay, Galaxy Note seriyasidagi smartfonlar chiqarilishda davom etishini ma’lum qilgan. U mazkur qarorga izoh berar ekan, yangi fablet xavfsiz va yanada innovatsion bo‘lishi, jahonda ushbu seriya ixlosmandlari yetarli darajada ko‘p ekanini alohida qayd qilgan. Bunday mijozlar kompaniya chiqaradigan Note qurilmalarini kutishadi va boshqa modellardan foydalanishni istashmaydi, deb aytgan u.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!