Kun hazili: iPhone7 buyurtma qilgan xitoylik qizga iPhone3S va iPhone4 jo‘natishdi

Kun hazili: iPhone7 buyurtma qilgan xitoylik qizga iPhone3S va iPhone4 jo‘natishdi

hi-tech.mail.ru nashrining yozishicha, xitoylik Kanel Mimi internet orqali arzonroq iPhone7 xarid qilmoqchi bo‘lgan, biroq sotuvchi qizni aldab, unga iPhone7 o‘rniga iPhone3S va iPhone4 jo‘natadi. Aqlli hazil, shundaymasmi?! Axir 3 + 4 = 7 bo‘ladi-da 🙂

Xitoylik qiz eBay’dan “pushti oltin” rangidagi iPhone7’ga buyurtma bergan, biroq jo‘natmada 2009 yilda chiqarilgan iPhone3S va 2010 yilda chiqqan iPhone4 aniqlangan. Shuningdek, jo‘natmada Yu Gi Oh o‘yinida foydalaniladigan “Polimeratsiya” kartasi ham bo‘lgan. Ushbu o‘yin qoidalariga ko‘ra, bunday karta ikkita zaif jonzotni bitta kuchlisiga aylantiradi. Albatta, real hayotda qiz ikkita telefonni bitta kuchlisiga aylantira olmagan 🙂

14364787_1217429948277841_7737248906565122709_n

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!