Kutib oling: Huawei P Smart Z!

Kutib oling: Huawei P Smart Z!

Huawei P Smart Z smartfoni joriy yilning may oyida taqdim qilindi.

Devays bir dyuymda 391 pikselli (ppi) 1080x2340 piksel rezolyusiyali 6,59 dyuymli tachskrin displeyga ega. Ekran 19.5:9 nisbatga ega. 

Smartfonga 4 ta 2,2 megagers chastotali va 4 ta 1,7 megagers chastotaga ega yadrolardan iborat sakkiz yadroli HiSilicon Kirin 710F protsessori o‘rnatilgan.

4,000 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega Huawei P Smart Z Android'ning Pie versiyasida ishlaydi.

Orqa kameralarning asosiysi f/1.8 aperturali 16 megapikselli datchik bo‘lsa, ikkinchisi 2 megapikselli f/2.4 aperturaga ega sath kamerasidir. Selfi kamera sifatida kompaniya f/2.0 aperturali 16 megapiksellik korpusdan chiquvchi ob’yektivni tanlagan. 

Gadjet Android Pie asosidagi EMUI 9.0 yuzasida ishlaydi. Operativ xotira — 4GB, doimiy xotira esa microSD karta bilan 512GB gacha oshirilishi mumkin bo‘lgan 64GB sig‘imga ega. P Smart Z'da ikkita nano-SIM uchun uya mavjud.

Bog‘lanish opsiyalariga Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth v4.20, NFC, USB Type-C, 3G va 4G kiradi. Har ikki SIM karta bilan ham faol 4G tarmog‘idan foydalanish mumkin. 

Smartfonga akselerometr, yorug‘lik datchigi, kompass, magnetometr, yaqinlik sensori va barmoq izi skaneri kabi sensorlar o‘rnatilgan. 

Smartfon hajmi 163,50 x 77,30 x 8,90 millimetrdir (mos ravishda, bo‘yi, eni va qalinligi). Vazni 197 gramm. Plastik korpusli smartfon Midnight Black, Sapphire Blue va Emerald Green ranglarda sotuvda mavjud.

O‘QING: Huawei o‘z operatsion tizimi uchun umuman yangi nom tanladi

 

Umumiy xarakteristikasi:

  • Brend: Huawei
  • Model: P Smart Z
  • Taqdimot sanasi: 2019 yil, may
  • Forma faktori: tachskrin
  • Korpus turi: plastik
  • O‘lchami (mm): 163.50 x 77.30 x 8.90
  • Vazni (g):197
  • Akkumulyator sig‘imi: 4,000 mA/s
  • Simsiz quvvatlash: yo‘q
  • Rangi: Midnight Black, Sapphire Blue, Emerald Green
  • Narxi: 1 959 000 so‘m (sotib olish)

 

Displey:

  • Ekran kattaligi (dyuym): 6,59
  • Rezolyusiysi: 1080x2340 piksel
  • Tachskrin: mavjud
  • Form faktori: 19.5:9
  • Piksel/dyuym (ppi): 391 

 

Texnik ta’minot:

  • Asosiy protsessor (CPU): Sakkiz yadroli (4x2.2 MGs + 4x1.7 Mgs)
  • Grafik protsessori (GPU):
  • Mali-G51 MP4
  • Protsessor modeli: HiSilicon Kirin 710F
  • Operativ xotira: 4GB
  • Ichki xotira: 64GB
  • microSD: 512 GB gacha 

 

Kamera:

  • Orqa kamera: 16 megapiksel (f/1.8) + 2 megapiksel (f/2.4)
  • Orqa kamera chirog‘i: LED
  • Old kamera: 16 megapiksel (f/2.0)

 

Dasturiy ta’minot:

  • Operatsion tizim: Android Pie 
  • Yuzasi: EMUI 9.0 

 

Bog‘lanish:

  • Wi-Fi: 802. 11 a/b/g/n/ac
  • Bluetooth: v 4.20
  • NFC: mavjud
  • USB Type-C: mavjud
  • Dual SIM qo‘llab-quvvatlanishi: mavjud