Kutilmaganda iPhone X'ning yana bir "kushandasi" haqida xabar tarqaldi

Kutilmaganda iPhone X'ning yana bir

Galaxy Note 8 taqdimotidan ko‘p o‘tmasdan koreyalik IT-ishlab chiqaruvchisi ilg‘or Galaxy S9'ni tayyorlayotgani haqidagi xabarlar taqalib ketdi. Shundan so‘ng Koreya ommaviy axborot vositalari 2018 yilning ilk choragida LG G7 flagmani ham sotuvga chiqarilishini ma’lum qildilar.

Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, LG G7 flagman smartfonini yaratish ustida jiddiy ishlanmoqda. Bu devays ham Samsung Galaxy S9 kabi to‘liq romsiz, QHD+ (2880x1440 pikselli) AMOLED-ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga, kuchli kamera, shuningdek Qualcomm'ning SLiM yuz-qiyofa skaneriga ega bo‘ladi.

LG G7'ning iPhone X «kushandalaridan» biri bo‘lishi kutilmoqda. U qadoqdayoq keyingi oyda kutilayotgan Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning romsiz ekrani har jihatdan Apple iPhone X'nikidan ilg‘or bo‘ladi. LG ham peshqadam smartfon ishlab chiqaruvchisi va unda keyingi yilning ilg‘or smartfonini yaratish uchun barcha asos mavjud.