Kutilmaganda YouTube’da filmlar bepul bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2071
  •  19.11.2018 13:46

Kutilmaganda YouTube’da filmlar bepul bo‘ldi!

Mashhur YouTube videoxostingi umuman kutilmagan ishga qo‘l urdi. Ya’ni, ushbu platformada mutlaqo bepul tomosha qilish mumkin bo‘lgan badiiy filmlar joylana boshladi!

O‘QING: Vazir o‘rinbosari Facebook, YouTube va VKontakte ishidagi uzilishlar sababini aytdi

Bepul taqdim etilayotgan barcha filmlar original ovozi bilan joylangan. To‘g‘ri, ularni tomosha qilishda ichiga joylangan reklama ham chiqib turadi.

Ayni kungacha bepul tomosha qilinadigan katalogga yuzlab badiiy filmlar kiritilgan. Ular orasida «Terminator», «Rokki»ning barcha qismlari, «Temir niqobli odam» va boshqalar mavjud.

Filmlarni bepul tomosha qilish funksiyasi hozircha faqat AQShdagi foydalanuvchilar uchungina taqdim etilgan. Servis uni keyinchalik boshqa hududlar uchun ham tarqatishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik foydalanuvchilarga ham bu imkoniyat taqdim etilgunicha, bizda ham YouTube to‘g‘ri ishlab qolar...

O‘QING: Kim javob beradi: O‘zbekistonda YouTube ishlamasligining sababi nima?