Kuting! Ekranda barmoq izlari skaneri endi arzon smartfonlarda ham bo‘ladi

  •   Saroy
  •  2483
  •  13.08.2018 12:33

Kuting! Ekranda barmoq izlari skaneri endi arzon smartfonlarda ham bo‘ladi

Ekranda barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan smartfonlar butun dunyoda urfga aylanmoqda (Ayniqsa, Xitoy va uning atrofidagi mintaqalarda). U allaqachon Vivo smartfonining bir nechta modellarida paydo bo‘lgan, shuningdek Huawei, Xiaomi qurilmalarida hamda MEIZU'ning oxirgi flagmanlarida ham mavjud, ammo eng nufuzli brendlar ushbu texnologiyaga murojaat qilishga hali shoshilishmayapti. Bunga Galaxy Note9  juda yaxshi misol bo‘la oladi.

Ammo mazkur texnologiya jadal sur’atlarda tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarda keltirilishicha, bu yil dunyo bo‘yicha ekran sensorlariga ega 42 millionta smartfon ishlab chiqarilar ekan,  2019 yilda esa bunday smartfonlarning soni 100 million donaga yetadi. Shunday qilib, Android’da ishlaydigan smartfonlarning sezilarli qismi ekranda barmoq izlari skaneri bilan ta’miinlanadi. Ayrim tahliliy ma’lumotlarda keltirilishicha   barmoq izlari skanerini ekranga joylashtirish nafaqat flagmanlarda, balki oddiy va arzon smartfonlarda ham yuz beradi.

O‘QING:Virtual skanerga ega ilk smartfon rasman taqdim qilindi

Shuningdek, hozirda smartfonlar asosan barmoq izlarining optik skanerlari bilan chiqarilmoqda,  2019 yilga kelib esa, ultratovushli yechim taklif qilinishi kutilmoqda, Bu yana o‘sha, Janubiy Koreyadagi taniqli  ishlab chiqaruvchilarining biri tomonidan amalga oshiriladi (albatta, Samsung).

Galaxy S10 ultratovushli barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan ilk smartfon bo‘ladi va uning tanib olish tezligi, aniqlik va ishonchlilik darajasi juda yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ekspertlarning fikricha, ekranda  barmoq izlari skaneri joylashgan smartfonlarning keng tarqalishi OLED-panellarning ham global ishlab chiqarilishini kengaytiradi, chunki ushbu texnologiya qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelmoqda.
O‘QING:Epson portativ skanerlari USB orqali quvvatlanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!