Kuting: Vivo V11 Pro smartfoni bilan 6 sentyabrda rasman tanishasiz

  •   Saroy
  •  1174
  •  20.08.2018 12:36

Kuting: Vivo V11 Pro smartfoni bilan 6 sentyabrda rasman tanishasiz

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchi Vivo kompaniyasi yangi Vivo V11 Pro qurilmasining taqdimot sanasini rasman e’lon qildi.

Tarqatilgan taklifnomada smartfon taqdimoti kelasi oy boshida, ya’ni 6 sentyabrda bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan. Anons sanasidan tashqari, tasvirda barmoq izlari ko‘rinib turibdi. Bu displey ostida daktiloskopik skaner borligiga ishoradir.

O‘QING:Kuting! Ekranda barmoq izlari skaneri endi arzon smartfonlarda ham bo‘ladi

Gap-so‘zlarga qaraganda, smartfon 6.41-dyuymli keng formatli Super AMOLED-displeyi bilan ta’minlanadi. U 2340×1080 pikselli bo‘ladi. Romsiz Vivo NEX S’dan farqli ularoq, yangi qurilma ekranida old kamera uchun unchalik katta bo‘lmagan qirqma  mavjud. Devaysning ishlashiga sakkizyadroli  Snapdragon 660 yoki Snapdragon 670 chiplari javob beradi. Bundan tashqari, qurilma Vivo V11 Pro 6 GB OZU, 128 GB PZU, 12 Mp + 5 Mp bo‘lgan ikkitalik kamera, sig‘imi 3400 mAch bo‘lgan batareya hamda  Android 8.1 Oreo qobig‘i bilan  ta’minlanadi.

O‘QING:Muddat shu yilning oxirigacha: Vivo X21 smartfoni Android 9 Pie bilan ta’minlanadi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!