Ko‘zi ojizlar uchun maxsus aqlli-soatlar ishlab chiqildi

Ko‘zi ojizlar uchun maxsus aqlli-soatlar ishlab chiqildi

Dot startapi jismoniy imkoniyati cheklangan ko‘zi ojiz odamlar uchun mo‘ljallangan maxsus “aqlli” soatlar ishlab chiqardi. Aksessuar o‘ziga xos dizaynga ega va bir vaqtning o‘zida 4 ta Brayl alifbosi timsolini aks ettirishi mumkin, deb yozadi Popular Mechanics nashri.

Qanday ishlaydi?
Gadjet smartfonga Bluetooth ko‘magida ulanadi va maxsus magnitli mexanizmga ega bo‘ladi. Relef nuqtalarining tushishi va ko‘tarilishi Brayl alifbosi ramzlarida aks ettiriladi.

Shuningdek, soatlar yangi kelgan xatlar, turli eslatmalar, tvitlar hamda vaqtni ko‘rsatadi. Qolaversa, u bilan elektron kitoblar o‘qish imkoni ham bor.

Foydalanuvchi eslatmani olgan chog‘da aksessuar tebranadi (vibratsiya) va matnni ko‘rsatadi. O‘qib bo‘lingach, displeyga soatlar qaytadi.

Ilovada tezlikni sozlash mumkin. Bu har soatda ramzlarning o‘zgarishini belgilash degani.

O‘qishni o‘rgatadi
Shuningdek, aksessuar smartfon bilan birga Brayl alifbosini o‘rgatishga ko‘maklashishi mumkin. Ilovada shunday funksiya bor-ki, soatda aks etgan ma’lumotlar qanday o‘qilishini o‘rgatadi.

Amerika ko‘zi ojizlar milliy federatsiyasi (The National Federation of the Blind) ma’lumotlariga ko‘ra, 90 % foiz ko‘zi ojiz bolalar Brayl alifbosini o‘qiy olmaydi. Gadjetning ahamiyatli mazkur qismining narxi 200 AQSh dollari atrofida bo‘ladi, deb yozadi axborot manbalari.

Dasturchilar imkon qadar qurilmaga pastroq narx qo‘yilishiga intilishyapti-ki, barcha extiyojmandlar uchun sotib olish imkoni bo‘lsin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!