Leagoo M8 – $80 turadigan katta ekranli va barmoq izi sensoriga ega fablet

Leagoo M8 – $80 turadigan katta ekranli va barmoq izi sensoriga ega fablet

Xitoyning Leagoo kompaniyasi kuni kecha Android 6.0 Marshmallow bazasida ishlaydigan Leagoo M8 fabletini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Smartphone.ua sayti.

Model Corning Gorilla Glass 4 shishasi bilan himoyalangan 5,7 dyuymli HD aniqligidagi ekran, to‘rt yadroli MediaTek MT6580A protsessori (takt chastotasi 1,3 GGs), 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Telefon xotirasini microSD-karta yordamida yana 128 GBgacha kengaytirish mumkin.

Asosiy kamera sensorining aniqligi 13 MP, chaqnoq va avtofokus bilan quvvatlangan. Old kameraning aniqligi – 8 MP. Smartfon ikkita SIM-karta va LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Modelning narxi 80 dollar bo‘lishiga qaramay, u 3500 mA/st sig‘imidagi batareya va barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Qurilma dekabr oyida Xitoyda sotuvga chiqadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!