Leagoo S8 va Galaxy S8 Plus ekrani taqqoslandi (video)

Leagoo S8 va Galaxy S8 Plus ekrani taqqoslandi (video)

To‘g‘ri, Leagoo S8 va Samsung Galaxy S8+ ekranlarini taqqoslash aqlbovar qilmas qaror bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq, Leagoo kompaniyasi bunga jur’at qildi.

Leagoo S8'dagi 5,72 dyuymli, tomonlar nisbati 18:9 ga teng ekranining piksellar sig‘imi 1440x720 belgiga teng, ya’ni HD+, har dyuymda 282 piksel. Smarfton old panelining 85% qismi ekrandan iborat. Displey 2.5D shaklidagi shisha bilan qoplangan.

Galaxy S8 Plus tomonlar nisbati 18,5:9 ga teng 6,2 dyuymli displeyga ega. AMOLED turidagi displey Quad HD (2560 x 1440 pikselli) sig‘imli. Ya’ni, har dyuymda 529 ta belgi. Ekran Corning Gorilla Glas 5 himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran Mobile Premium HDR rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Old panelning 88% qismi ekrandan iborat. Ekran 3D Touch funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, ekran barmoqning zarbiga ko‘ra, muayyan buyruqni amalga oshiradi.

Quyida ikkala ekran imkoniyatlari taqqoslangan videoni tomosha qiling:

Leagoo S8 chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan 8 yadroli MT6750T chipi va 3 Gb tezkor, shuningdek 32 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. Doimiy xotirani kengaytirish imkoni mavjud.

Galaxy S8 Plus apparati kuchli Qualcomm Snapdragon 835 yoki Samsung Exynos (smartfon sotiladigan hududdan kelib chiqib) protsessorlariga ega.

"Malika"da Galaxy S8 Plus 5 904 000 so‘mdan sotilmoqda. Leagoo S8 esa bozorda $169,99 dollardan sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!