Lenovo o'yindan chiqdi: kompaniya ortiq geyming smartfonlari ishlab chiqarmaydi

Lenovo o'yindan chiqdi: kompaniya ortiq geyming smartfonlari ishlab chiqarmaydi

PUBG, Genshin Impact kabi o'yinlar ommalashgani sari geyming smartfonlariga bo'lgan talab so'nggi yillarda ancha oshdi. Tabiiyki, bunday turdagi smartfon ishlab chiqaruvchilari ham ko'paya boshladi: Asus (ROG), Nubia (Red Magic), Xiaomi (Black Shark) va Lenovo (Legion). Xuddi o'yinlardagidek, ushbu bozorda ham "o'yinchilar" bir-birlari bilan raqobatlashishadi va kimdur g'olib bo'lsa, kimdur mag'lub bo'ladi. Ehtimol, bu mag'lubiyat emasdir, lekin Lenovo kompaniyasi geyming smartfonlar bozoridan ketayotganligini e'lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlardan so'ng Lenovo kompaniyasi o'zining Legion brendi ostidagi geyming smartfonlarini ishlab chiqarishni to'xtatayotganligi rasman tasdiqladi:

"Kengroq biznes transformatsiyasi va o'yin portfoliyosini konsolidatsiyasi qilish doirasida Lenovo o'zining Android'ga asoslangan Legion mobil o'yin telefonlarini ishlab chiqarishni to'xtatadi. O'yin qurilmalari va yechimlari bo'yicha yetakchi sifatida Lenovo o'yin kategoriyasini boshqa omillar bo'yicha rivojlantirishga, shuningdek, global o'yin hamjamiyatiga eng ko'p foyda keltiradigan joylarga e'tibor qaratishga intiladi", – deydi Lenovo.

Garchi kompaniya qarori biroz hayratlanarli tuyulsa ham, buni mantiqan to'g'ri deyish mumkin, chunki so'nggi vaqtlarda Lenovo o'zining yangi avlod geyming smartfoni ustida ishlayotgani haqida hech qanday ma'lumotlar paydo bo'lmadi.

Lenovo Legion Pro (yoxud Duel)

Lenovo kompaniyasi shu kunga qadar atigi uchta geyming smartfonlari chiqargan. Ularning eng birinchisi Lenovo Legion Pro (yoxud Duel) edi. Qurilma 144 gerts yangilanish tezligiga ega ekran, ikkita bosimni sezuvchi motorlar va Snapdragon 865 5G+ chipseti, hamda, RGB chiroqlari bilan 2020-yilning iyul oyi oxirida taqdim qilingan. Oradan bir yil o'tgach, u o'z o'rinini o'zining yangi avlodi, Lenovo Legion 2 Pro modeliga bo'shatib bergan. O'tgan yilning mart oyida taqdim qilingan Lenovo Legion Y90 esa kompaniyaning eng so'nggi geyming smartfoni bo'lib qoldi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.