Lenovo ThinkVision seriyasiga ramkasiz monitorlar qo‘shildi

Lenovo ThinkVision seriyasiga ramkasiz monitorlar qo‘shildi

Lenovo mahsulotlari qatoriga  ThinkVision P24 va P24 markasidagi yangi monitorlar qo‘shildi, deb xabar bermoqda 3D News.

Monitor ekranlari ramkasiz IPS matritsa asosida ishlangan. Displey diagonali 23,8 va 27 dyuymni tashkil qiladi, ikkalasida ham QHD (2560x1440) formatida, javob vaqti 6 ms.

Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, bunday monitorlar fotograf, dizayner va media sohasida ishlaydigan foydalanuvchilar orasida yaxshi ommalashishi mumkin.

Monitorlar ikkita HDMI interfeysi, USB Type-C porti va USB-konsentrator bilan jihozlangan.

ThinkVision P24 va P24 xaridorlarga 260 va 330 AQSh dollari narxida taklif etiladi. Sotuvlar 2017 yilning mart oyida boshlanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!