Lenovo Yoga A12 plansheti Halo klaviaturasi bilan jihozlandi

Lenovo Yoga A12 plansheti Halo klaviaturasi bilan jihozlandi

Xitoyning Lenovo kompaniyasi o‘ziga xos jizayn va texnik paramertlarga ega bo‘lgan Yoga A12 planshetini namoytish qildi, deb xabar bermoqda IXBT nashri.

Planshet-transformer Android operatsion tizimida ishlaydi, unga o‘rnatilgan  Halo klaviaturasi muayyan foydalanuvchi talablariga mos tarzda qulay qilib sozlanishi mumkin.

Planshetda mexanik klaviatura mavjud emas, uning o‘rniga sensorli belgilarni aks ettiradigan yirik panel ko‘zda tutilgan. Bunday formatli klaviatura ilk marotaba Lenovo YogaBook gibridida o‘tgan yili  taqdim etilgan edi. Umuman olganda, Yoga A12 plansheti ham YogaBook gibridining o‘zgartirilgan versiya hisoblanadi.

Yangi planshetning ekrani 12,2 dyuym o‘lchamda, unga Intel Atom x5 protsessori, 2 GB operativ va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Dsipley aniqligi Full HD formatida. Planshet taxminan 1 kg yuk bosib, 13 soatgacha ishlash xususiyatiga ega. Narxi 300 dollar atrofida bo‘lishi yozilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!