Lenovo Z5 flagmani hatto quvvati 0 foizga tushganda ham ishlaydi

  •   Saroy
  •  1204
  •  28.05.2018 11:07

Lenovo Z5 flagmani hatto quvvati  0 foizga tushganda ham ishlaydi

Lenovo Z5 flagmani taqdimoti arafasida smartfonning yangi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Agar ushbu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, qurilma dunyodagi eng avtonom sharoitda ishlaydigan smartfon unvoniga ega bo‘ladi. Chunki, xabarga qaraganda, u quvvati butunlay tugagandan keyin ham faoliyatni davom ettiraveradi.

O‘QING: Lenovo Z5 smartfoni kutish rejimida 45 kun ishlashi mumkin

Odatda, smartfonlar quvvati 0 foizni ko‘rsatganda ishlashdan to‘xtaydi. Kompaniya rasmiy vakili  esa, smartfon batareyasi 0 foizga tushgandan keyin ham yana 30-60 daqiqa ishlab beradi, deya ta’kidladi.

Xo‘sh, buning sababi nimada, qanday superkuch yangi flagmanga bunday mustaqillikni bermoqda. Bu haqda xabarda hech bir gap aytilmagan, lekin ekspertlarning fikricha, gap litiy-ionlibatareyada bo‘lsa kerak, chunki u hech qachon oxirigacha quvvatsizlanib qolmaydi. Agar shunday bo‘lganda uni quvvatlantirib bo‘lmasdi.

Ko‘rinib turibdiki, akkumulyatorning quvvati tugayotgan bo‘lsa, qurilma energiyani fovqulodda tejash rezjimiga o‘tadi. Bundan tashqari, dasturiy ta’minot faoliyati ham tejamkorlikka o‘tib oladi va energiya iste’molini iqtisod qilishni boshlaydi.

O‘QING: Naq to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekordchi – Lenovo Z5 mobil fotografiyada ham burilish yasayapti!