LG dunyodagi birinchi «sun’iy ong»li kir yuvish mashinasini chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  1143
  •  19.06.2018 12:11

LG dunyodagi birinchi «sun’iy ong»li kir yuvish mashinasini chiqaryapti

Mobil telefonlar va boshqa qurilmalardan keyin turli maishiy texnika jihozlariga ham «sun’iy idrok» tizimi tatbiq etila boshladi. Yangi texnologiyalar biz hatto tasavvur eta olmagan funksiyalarga ham qodir.

O‘QING: Devor ortida nima gaplar? Buni sun’iy intellektdan so‘rang

LG Electronics kompaniyasi DeepThinQ «sun’iy ong» texnologiyasi bilan jihozlangan ilk kir yuvish mashinasini ishlab chiqarayotganini ma’lum qildi. Mazkur texnologiya yordamida ushbu jihoz foydalanuvchining buyruqlarini anglab, bajara oladi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu – DeepThinQ texnologiyasi tatbiq etilgan ikkinchi maishiy texnika mahsulotidir. Avvalroq u chiqargan LG Whisen ThinQ air konditsioneri ham ushbu texnologiyaga ega bo‘lib, u ham ovozli buyruqlarni bajara oladi.

O‘QING: Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

LG Tromm ThinQ F21VBV deb nomlanuvchi yangi kir yuvish mashinasi Wi-Fi kanali orqali internetga ulanadi. Keyin esa u nafaqat egasining buyruqlarini bajaradi, balki kir yuvish jarayonining borishi va yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan muammolar haqida ma’lumotlar ham beradi.

Masalan, jarayonda biror muammo bor-yo‘qligini so‘rasangiz, batafsil javob beradi. Shuningdek, turli darajadagi kirlanish turlarini eng maqbul rejimda yuvish bo‘yicha «sun’iy ong» bilan maslahatlashish ham mumkin.

Aytish kerakki, LG foydalanuvchilarning turmushini yanada yengillashtirish uchun turli maishiy texnika jihozlarini «sun’iy idrok» bilan ta’minlamoqchi ekanini ma’lum qilgan.

O‘QING: Samsung’ning sun’iy idrokli odamsimon roboti deyarli tayyor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.