LG Electronics kompaniyasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

LG Electronics kompaniyasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

Avvalroq uy uchun chiqariladigan moslamalar bo‘limini boshqargan Cho Son Chjin LG Electronics kompaniyasiga yangi ijrochi direktor etib tayinlandi. Ushbu shaxs Janubiy Koreya kompaniyasida 40 yildan beri xizmat qilib kelmoqda. Bundan avvalroq u kompaniyani boshqarishga tayinlangan uch yuqori amaldorning biri edi, deb yozmoqda 3D News.

Uy uchun chiqariladigan moslamalar bo‘limiga o‘tkazilishdan oldin Cho Son Chjin kompaniyaning kir moshinalar ishlab chiqaradigan bo‘limiga rahbarlik qilgan. U 1980-yillarda birinchi LG kir yuvish mashinasini yaratgan jamoaning a’zosi bo‘lgan.

Cho Son Chjin  LG kompaniyasini rivojiga katta hissa qo‘shib, uni jahonning eng nomdor brendlari qatoriga kirishiga yordam bergan. Aynan uning tashabbusi bilan LG Signature markasi, oshxona jihozlari, aqlli uy va IoT mahsulotlar ishlab chiqilgan.