LG G7 ThinQ flagmani Geekbench’da yuqori ko‘rsatkich namoyon etdi

  •   DiMaX
  •  1248
  •  26.04.2018 09:03

LG G7 ThinQ flagmani Geekbench’da yuqori ko‘rsatkich namoyon etdi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi o‘zining yangi flagmani – G7 ThinQ modelini 5 may kuni taqdim etmoqchi. Uning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni va batafsil suratlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: LG G7 ThinQ smartfonini har tomonidan ko‘rsatishdi

Endi esa Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida LG G7 ThinQ ko‘rsatkichlari paydo bo‘ldi. Mazkur qurilmaning bazasi sifatida yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 845 tizimi xizmat qiladi.

G7 ThinQ flagmani yakka yadroli sinovda 2312 ball to‘pladi. Kompaniyaning oldingi yetakchi smartfoni – Snapdragon 835 protsessorli LG V30 bilan solishtirganda, yangi qurilma ancha yuqori ko‘rsatkich namoyon etgan:

Ko‘rib turganingizdek, LG’ning bu ikki smartfoni ko‘rsatkichlari orasidagi farq ko‘p yadroli sinovda yanada ortgan. LG G7 ThinQ bunda 8979 ball natija ko‘rsatgan.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala holatda ham tezkor xotira hajmi 4 gigabaytga teng bo‘lgan.

O‘QING: LG G7 ThinQ: haqiqiy flagmanni endi ko‘rasiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.