LG yangi byudjet smartfonlar ishlab chiqarishga kirishadi

LG yangi byudjet smartfonlar ishlab chiqarishga kirishadi

LG kompaniyasi Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi doirasida va’da qilingan LG G5`dan tashqari, yana ikkita X safidagi smartfonni taqdim etadi. O‘zining munosib texnik xususiyatlariga qaramasdan, smartfonlar o‘rtacha narx toifasiga kiritiladi, deya xabar berildi LG rasmiy saytida.

LG`ning yangi byudjet, ya’ni arzon smartfonlari X cam va X screen deb nomlanadi. Har ikki qurilmada ham asosiy e’tibor kameralar va displeylar sifatiga qaratilgan.

Xususan, X cam modelida asosiy kamera 13 va 5 megapikselli ikkita modulga ega bo‘lib, old kamerasi esa 8 megapikselni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchi smartfonining asosiy xususiyatlari sifatida 5,2 dyuymli ekran, 1,14 Gs.li Octa-Core chipi, 2 GB operativ xotira va 2520 mAs batareyani aytish mumkin.

1208152 1208153

Chap suratda X cam o‘ng tomonda esa  X screen

Ikkinchi X screen smartfonining asosiy o‘ziga xosligi uning displeyida ekani aytilmoqda. LG X screen smartfonida yangi Always ON texnologiyasi qo‘llanilgan. Ushbu texnologiyaning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, smartfon ekrani doimiy ravishda yoqilgan holatda bo‘ladi. Bunda Always ON o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlar, sana, vaqt va boshqalardan iborat kichik ma’lumotlarni ko‘rsatib turadi. Natijada foydalanuvchi har safar smartfonni blokdan chiqarishga majbur bo‘lmaydi, o‘z navbatida, qurilmaning samaradorligi ham oshadi.

X screen ekranining hajmi 4,93 dyuym (yana 1,76 qo‘shimchasi bilan) bo‘lsa, protsessori 1,2 Gs.li Quad-Core chipidan iborat. Asosiy kamerasi esa 13 Mp, old kamera 8 Mp.ni tashkil etadi. Batareyasining sig‘imi 2300 mAsoat.

Ikkala smartfon ham Android 6.0 Marshmallow asosida ishlab, to‘rtinchi avlod LTE tarmog‘ida internetga ulana oladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!