Livio AI: eshitish apparati, fitnes-treker va yana tarjimon

  •   Saroy
  •  1835
  •  29.08.2018 11:53

Livio AI: eshitish apparati, fitnes-treker va yana tarjimon

Starkey kompaniyasi  Livio AI aqlli eshitish apparatini sotuvga chiqarmoqda. Yangi qurilma fitnes-treker imkoniyatiga hamda o‘zining sun’iy intellektiga ega.

Ishlab chiqaruvchi Livio AI’ni ko‘plab foydali datchiklarga va sun’iy intellekt tizimiga ega dunyodagi birinchi eshitish apparati sifatida taqdim etmoqda. Livio AI  apparatidan ko‘zlangan asosiy  maqsad, qulog‘i og‘ir kishilarning eshitish imkoniyatlarini  yaxshilash va ularga kundalik hayoti bilan yashashida yordam berish. Qurilma atrofdagi turli shovqinni o‘chirib, urg‘uni suhbatni aniq eshitishga beradi. Foydalanuvchining ehtiyojiga qarab, Livio AI mobil ilovalar orqali turli ish rejimiga o‘ta oladi.

O‘QING:Bugun “naushnik”, ertaga quloq apparati…

Yangi qurilma yonda olib yuriladigan smart-gadjet funksiyasi bilan ham ta’minlandi, shu sababli u egasining jismoniy faolligini ham kuzatib boradi. Qolaversa, apparat ichki Alex ovozli yordamchi bilan ham ta’minlangan.  Alex ovozli yordamchi internetda kerakli ma’lumotni topishda, musiqani qo‘yishda va foydalanuvchining boshqa buyruqlarini bajarishda asqotadi. Agar boshqa mamlakat odamlari bilan gaplashishga to‘g‘ri kelsa, unga o‘rnatilgan sun’iy intellekt suhbatni ikki tomonga ham tarjima qilib beradi.

Livio AI qurilmasining qachon chiqishi borasida biror bir aniq sana aytilmayapti, narxi ham ma’lum emas.  Ammo apparat yil oxirigacha AQSh va Kanada hududida sotilishi rejalashtirilgani ma’lum. 2019 yildan boshlab, ushbu “mu’jiza matoh” jahon bozoriga ham chiqariladi.

O‘QING:Android endi eshitish apparatlarida ham ishlaydi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!