«Love Story» videoroligi kerakmi? Uni sizga Google Photos tayyorlab beradi!

  •   DiMaX
  •  2108
  •  26.06.2018 12:52

«Love Story» videoroligi kerakmi? Uni sizga Google Photos tayyorlab beradi!

Google kompaniyasi o‘zining Google Photos servisi funksionalligini yangiladi. Endi u sizning juftingiz bilan tushgan suratlaringizdan «Love Story» uslubida videorolik yarata oladi.

O‘QING: Barcha smartfonlarga to‘ldirilgan borliq baxsh etuvchi ilova chiqdi

Google vakillarining ta’kidlashlaricha, agarda smartfoningizdagi fotoarxivingizda juftingiz bilan birga tushgan rasmlar va videolavhalar qancha ko‘p bo‘lsa, «Love Story» roligi ham shuncha qiziqarli chiqadi.

Google Photos’ga videorolik tayyorlatish uchun arxivingizdagi tegishli video va rasmlarni  belgilab berasiz. Ilova «Love Story» filmining dastlabki variantini tayyorlab ko‘rsatadi. Keyin uni o‘zingiz o‘zgartirishingiz – yana materiallar qo‘shishingiz yoki keraksizlarini olib tashlashingiz, shuningdek, fon musiqasini tanlashingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Mug Life – har qanday suratni «jonlantirib» yuboruvchi ilova!