Loyiq kelmadimi? Ilk «aqlli» kiyim-kechak do‘koni, sun’iy ong ham shu yerda

  •   Saroy
  •  1551
  •  04.07.2018 18:04

Loyiq kelmadimi? Ilk «aqlli» kiyim-kechak do‘koni, sun’iy ong ham shu yerda

Guess kiyim-kechaklar brendi va Xitoyning yirik Alibaba Group IT-korporatsiyasi  FashionAI tizimini ishlab chiqdi.  U, do‘kon aylanganingizda sizga vertual assistent bo‘ladi. Kompyuter nigohli sun’iy intellekt xarid chog‘ida kiyim-kechakning bir-biriga mos keladigan turli elementlarini aniqlashda yordam beradi. Buning uchun sun’iy ongli «aqlli» oyna kamera va algoritmlar yordamida kiyimning rangini, shaklini va chiroyini aniqlaydi va nimanidir almashtirishni yoki nimanidir qo‘shib xarid qilishni maslahat beradi.

FashionAI tizimining sun’iy ongini o‘rgatish uchun usta tikuvchilar tayyorlagan 500 mingta libosning fotosurati ko‘rsatildi.

FashionAI tizimi Gankongdagi maxsus do‘konlarga o‘rnatildi. Do‘kondagi har bir buyum RFID-belgisi bilan jihozlangan. Xaridor biror bir buyumni qo‘lga olgan chog‘da, u  “aqlli” oyna tomonidan avtomat tarzda  o‘qiladi. Shundan keyin, tizim do‘kon xodimini ogohlantiradi, maqsad shuki, personal loyiq keladigan bichimni va unga mos keladigan aksessuarlarni tayyorlab qo‘yishi lozim.   Ya’ni, xaridor kofta tanlashi mumkin, agar razmer to‘g‘ri kelmasa yoki unga qo‘shib yana nimanidir kiyib ko‘rmoqchi bo‘lsa, bularning barchasini “aqlli” tizim aniqlaydi va do‘kon xodimining o‘zi ularni olib kelib beradi.

Ha, Gankongda shnaqa gaplar! Ammo  Alibaba  hozircha oddiy do‘konlarga ham FashionAI tizimini joriy etishi haqda hech narsa demayapti

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!