MacBook Air 2020 chiqdi: yangilangan klaviatura va protsessorlar, kamida 256 GB SSD!

  •   DiMaX
  •  1694
  •  19.03.2020 12:01

MacBook Air 2020 chiqdi: yangilangan klaviatura va protsessorlar, kamida 256 GB SSD!

Apple korporatsiyasi ortiqcha tantanalarsiz yangilangan noutbuki – MacBook Air 2020 modelini taqdim etdi. Tashqi ko‘rinishidan u o‘tgan yilgisidan farq qilmaydi.

O‘QING: Apple jarimaga tortilishi mumkin

Lekin yangi «tishlangan olmali» noutbukning «ichki dunyosi» ancha boyigan. Avvalo, uning minimal konfiguratsiyasi endi 256 gigabaytlik SSD-xotiraga ega (oldingisida 128 GBligi bo‘lgan). Xohlovchilar 512 gigabaytlik MacBook Air 2020 xarid qilishlari, shuningdek, 1 yoki 2 terabaytlik SSD-saqlagichga ega modeli uchun buyurtma berishlari mumkin.

Yana bir yaxshi tomoni – bu yilgi MacBook Air klaviaturasida muammoli «kapalak» mexanizmidan voz kechib, xuddi MacBook Pro 16 modelidagi kabi «qaychili» mexanizmga o‘tilgan.

Bulardan tashqari, Apple ushbu noutbuki protsessorlarini ham yangilagan. Xohlovchilar uchun ikki yadroli Intel Core i3 hamda to‘rt yadroli Core i5 chipsetiga ega MacBook Air 2020 modellaridan birini tanlash imkoni bor. Har ikkala protsessor ham 10-avlodga mansub bo‘lib, maksimal chastotasi 1.1 GGs.ga teng.

MacBook Air 2020 tillarang, kumushrang va kul rang korpuslarda chiqarilgan bo‘lib, narxi 1000 dollardan boshlanadi. Ushbu yengil laptop allaqachon AQShda sotila boshladi, boshqa mamlakatlar bozorlariga esa keyinroq yetkazib beriladi.

O‘QING: MacBook Air’ning arzon «kushanda»sini bor bo‘yi bilan ko‘rsatishdi