Malayziyada smartfon portlashi fojeaga olib keldi

  •   Saroy
  •  945
  •  26.06.2018 10:50

Malayziyada smartfon portlashi fojeaga olib keldi

Smartfon portlashi bilan bog‘liq voqealar har yili takrorlanayapti. Navbatdagi hodisa Malayziyada yuz berdi, taassufki bu safar, falokat bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

Falokat tunda Cradle Fund vinchur kompaniyasi ijrochi direktori Nazrin Hasanning uyida sodir bo‘lgan. Uning krovati yonidagi stol ustida bir yo‘la ikkita smartfon quvvatlantirgichga ulab qo‘yilgan edi. Bu paytda Nazrin Hasan uxlayotgan bo‘lgan. Bir vaqt ularning biri portlab ketgan va xonada yong‘in boshlangan.

O‘QING: Huawei nechta P9 va P9 Plus sotilganini aytdi

Keyinroq, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar xonada yonib ketgan to‘shak, krovat va mebelni topgan. Eng achinarlisi, xonada uy sohibining kuygan jasadi ham topilgan. U achchiq tutundan bo‘g‘ilib qolgan.

Nazrin Hasanning  qarindoshlari aytishicha, uning ikkita smartfoni bo‘lgan. Biri Blackberry, ikkinchisi Huawei. Biroq, aynan qaysi smartfon portlagani noma’lumligicha qolmoqda.

O‘QING: BlackBerry KEYone yaqinda Android Oreo bilan yangilanadi

«Uning ikkita smartfoni bor edi. Ulurning biri portladi. Kim o‘ylabdi deysiz, oddiy quvvatlantirgich mana shunday falokatning sababchisi bo‘lishiga, endi esa uch nafar farzandi yetim qoldi», — deya ta’kidlaydi Nazrin Hasanning qaynisi fojeaga izoh berar ekan, deb yozadi Gizchina axborot manbasi. 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!