«Malika»da Apple Watch series 3 va boshqa «aqlli» soatlarning so‘mdagi narxlari (2017 yil 2 oktyabr)

  •   DiMaX
  •  8032
  •  02.10.2017 12:10

«Malika»da Apple Watch series 3 va boshqa «aqlli» soatlarning so‘mdagi narxlari (2017 yil 2 oktyabr)

«Aqlli» telefonlardan keyinroq «aqlli» soatlar ham kundalik hayotimizga kirib kela boshladi. Xususan, poytaxtimizdagi tegishli bozorlarda ularning har xil turlarini uchratishingiz mumkin.

Smart-soatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning har biri o‘z mahsulotini boshqalarnikiga o‘xshamagan tarzda yaratishga harakat qiladi. Biroq bu borada ham Apple hammasidan o‘zib ketdi. Gap shundaki, «Olma» soatlarining uchinchi avlodi uyali tarmoqni qo‘llab-quvvatlaydi – avvalgi barcha «aqlli» soatlardan afzal tarzda, u mobil aloqa moduliga ega! Bu degani – endi smartfondan mustaqil ravishda, shu soatning o‘zidan aloqaga chiqish mumkin. Xuddi mana shu Apple Watch series 3 allaqachon yurtimiz bozorlariga ham yetib kelgan.

Quyida Apple mahsuloti bo‘lgan smart-soatlarga «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing:

Apple Watch series 1

38 mm rose  – 2 310 000 so‘m

38 mm white  – 2 227 500 so‘m

Apple Watch series 2

38 mm white, black, gold – 2 970 000 so‘m

38 mm rose – 3 135 000 so‘m

42 mm rose, white, black, gold – 3 176 250 so‘m

Apple Watch series 3

42 mm black – 3 712 500 so‘m

Izoh: Apple Watch’larni aynan yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda xarid qilish uchun +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali saytimiz menejeri bilan bog‘laning. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.